«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
199 Uchinchidan, erkin iqtisodiy hududlar faoliyati davomida ular faoliyatining tovar sanoat diversifikatsiyasi ro‗y beradi. Zamonaviy FTI yangi va yuqori texnologiya ishlab chiqish bilan bog‗liq bo‗lgan ilmtalab ishlab chiqarish jamlangan erkin iqtisodiy hududlarni ilgor o‗rinlarga olib chiqadi. Rivojlanayotgan davlatlar orasida Xitoyda maxsus iqtisodiy hududlar vujudga keldi. 80-yillarning boshlarida maxsus hududlarga birlashtirilgan kichik-kichik hududlar bilan boshlagan Xitoy hukumati 90-yillarning boshlarida bunday hududlarni yuzlab kvadrat kilometrga yoydi. Mamlakatda va xorijda mashhur bo‗lgan ―Shenchjen‖, ―Chjuxay‖, ―Syamen‖, ―Shantou‖, ―Xaynan‖dan tashqari mamlakatda texnik-iqtisodiy hududlar (yigirmadan ortiq) va yangi, yuqori texnikani rivojlantirish hududlari – texnoparklar ham rivojlandi. Shanxaydagi ―Pudun‖ iqtisodiy rivojlanish hududiga alohida rol ajratilgan. Bu loyihaga ko‗ra, ―Pudun‖ hududi bir necha o‗n yil mobaynida Shanxayni Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yirik savdo va moliyaviy markazga aylantiradi. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilish Xitoy hukumati tomonidan 70-yillar oxirida e‘lon qilingan ―ochiq eshiklar‖ tashqi iqtisodiy siyosatning tashkiliy bir qismi bo‗lib qoldi. Erkin iqtisodiy hududlar rivojlantirish modelini tanlashda Xitoy rahbariyati mamlakatning joriy ehtiyojlari va bunday hududlar tashkil qilishning xorijiy tajribalarini e‘tiborga oldi. Singapur, Tayvan va AQSh tajribasi alohida e‘tibor bilan o‗rganildi. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishga tayoyrgarlik davrida ular faoliyatining bir necha variantlari taklif qilindi. Natijada, eksportga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga yo‗naltirilgan EIH tanlab olindi. Maxsus iqtisodiy hududlar ochiq eshiklar siyosatini amalga oshirgan holda, mamlakatning boshqa tumanlarini bog‗lab turuvchi rolini o‗ynay boshladi. Xitoydagi maxsus iqtisodiy hududlar va boshqa imtiyozli investitsion iqlimdagi tumanlar faoliyatining amaliyoti shubhasiz muvaffaqiyatga erishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling