IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
195
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishda ikkita kontseptual yondashish
qo‗llaniladi: hududiy va funksional (nuqtali). Birinchi holatda, hududdagi barcha
rezident korxonalar xo‗jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar.
Erkin iqtisodiy hududlarning eng oddiy ko‗rinishlaridan biri erkin bojxona
(bojsiz) hududlari (EBH) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi
birinchi avlod hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud.
Bunday hududlar ko‗pincha ―Bond omborlari‖ yoki ―Erkin bojxona hududlar‖ deb
ataladi. Erkin bojxona hududlari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod
qilinadi. Ular ko‗plab mamlakatlarda mavjud.
Erkin savdo hududlari
AQShda eng ko‗p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish
1934-yildagi maxsus qonunda nazarda tutilgan. Uning maqsadi savdoni
rag‗batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini
kamaytirishdan iborat.
Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus
―dyuti fri‖ magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat
chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga
imtiyozli holatga ega bo‗lgan an‘anaviy erkin portlarni kiritish mumkin.
Sanoat ishlab chiqarish hududlari
ikkinchi avlod hududlari hisoblanadi.
Ular erkin savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital ham olib kiritilishi va ularda
faqat savdo bilan emas, balki ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shu g‗ullanilishi
oqibatida erkin savdo hududlarining evolutsiyasi natijasida vujudga keladi.
Sanoat ishlab chiqarish hududlari maxsus boj rejimiga ega bo‗lgan
hududlarda tashkil qilinadi. Ularda eksport uchun yoki import o‗rnini bosuvchi
tovarlar ishlab chiqariladi. Bu hududlar sezilarli soliq va moliyaviy imtiyozlarga
ega bo‗ladilar. Eksport ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish mantiqi
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan belgilangan edi. O‗tgan asrning 60-
Do'stlaringiz bilan baham: |