IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
204
O‗zbekiston mehnat taqsimotida Toshkent, Zarafshon va Farg‗ona iqtisodiy
rayonlarining ishlab chiqarish kuchlari bir muncha rivojlangan, sanoati taraqqiy
etgan, ayni vaqtda qishloq xo‗jaligi rayonlari – Surxon-daryo, Qashqadaryo,
Buxoro-Qizilqum, Mirzacho‗l iqtisodiy rayonlari esa tabiiy resurslar jadal
o‗zlashtirilayotganligi, qishloq xo‗jaligini istiqbolda rivojlantirish imkoniyatlari
g‗oyat katta ekanligi bilan ajralib turadi.
Mintaqalararo yoki mintaqaviy mehnat taqsimoti tabiiy-geografik jihatdan
yaxlit hududlardagi ikki va undan ortiq mamlakatlar guruhi o‗rtasida shakllangan
ishlab chiqarish ixtisoslashuvini ifodalaydi. Jumladan, G‗arbiy Yevropa
mamlakatlari doirasida ―Umumiy bozor‖ shakllan-gan mintaqaviy mehnat
taqsimotini ifodalaydi. Keyingi yillarda bunday mintaqaviy mehnat taqsimoti Lotin
Amerikasi, Janubi-Sharqiy, Janubiy va Janubi-G‗arbiy Osiyo, Shimoli-G‗arbiy,
Markaziy, Sharqiy Afrika, Shimoliy Amerikada shakllanmoqda. Yaqin istiqbolda
O‗zbekiston, Qirg‗iziston, Qozog‗iston, Tojikiston va Turkmanistondan iborat
Markaziy
Osiyo
mintaqaviy
mehnat
taqsimotiga
asoslangan
iqtisodiy
birlashmaning shakllanishi bu mintaqadagi murakkab tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
ekologik muammolar yechimlarini ishlab chiqish va hal qilish negizida ishlab
chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti
(geografik) – Xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro
ishlab chiqarish kooperatsiyasi xalqaro mehnat taqsimotining mazmun mohiyatini,
shakllarini amalga oshirishni belgilovchi mezonlardir.
Jahon xo‗jaligini rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, ishlab chiqarishda
mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko‗tarish,
Shuningdek, ishlab chiqarishda xarajatlarni kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro
mehnat taqsimotining rivojlanishi jarayonida asosiy narsa, bu shu jarayonning har
bir ishtirokchisi o‗zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda qidirishi va
topishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |