IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
200
Xitoylik va xorijiy mutaxassislar EIH erishgan yutuqlar qatoriga, avvalo, barqaror
iqtisodiy o‗sish sur‘ati, hududlarga ko‗p miqdorda xorijiy investitsyalarning jalb
qilinishi, mehnat unumdorligining sezilarli o‗sishi va nihoyat, aholi turmush
darajasining o‗sishini kiritishadi.
Erkin iqtisodiy hududlar muvaffaqiyatidan guvohlik beruvchi misollardan
tashqari ularni tashkil qilishda muvaffaqiyatsizlikka ham uchralgan. Masalan, Shri-
Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda turli ko‗rinishdagi
erkin iqtisodiy hududlar nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchradi, balki, umuman, o‗z
faoliyatini to‗xtatdi. Buning asosiy sabablariga siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy
sabablarni ko‗rsatish mumkin.
Siyosiy sabablar mamlakatdagi umumiy siyosiy beqarorlik, fuqarolar
kelishmovchiliklari va boshqalardir. Iqtisodiy sabablarga, avvalo, erkin iqtisodiy
hududlardagi investor nuqtai nazaridan juda murakkab investitsion rejim haqidagi
qonunchilik kiradi. EIHdagi byurokratik bashqaruv, hududda investorlarni
ro‗yxatga olishda kerak bo‗lmagan protseduralar mavjudligi, hudud ustunliklarini
yomon reklama qilinishi ham erkin iqtisodiy hududlar taqdiriga sezilarli ta‘sir
ko‗rsatadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishning asosiy
tamoyillariga tavsif bering.
2.
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning dastlabki tamoyilari va
uning namoyandalari qarashlarini tavsiflang.
3.
Imtiyozli hududlarning mamlakat rivojlanishidagi o‘rni qanday?
4.
Erkin iqtisodiy zonalar qay darajada rivojlanish o‘chog‘ini hosil qila
oladi?
5.
Hozirgi kunda mamlakatimizning qaysi hududlarida erkin iqtisodiy
zonalar tashkil etilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |