«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
197 ularga Malta, Mavrikiya, G‗arbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshqa davlatlar qo‗shildi. Offshor hududlar dagi sanoat, savdo, bank, sug‗urta va boshqa kompaniyalar yo umuman soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya), yoki kichik miqdordagi soliqlar to‗laydi (Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va boshqalar). Offshor hududlarni tashkil qiluvchi davlatlar qo‗shimcha xorijiy kapital jalb qilish, offshor hududida ro‗yxatga olingan korxonadan foyda olish, mahalliy mutaxassislar uchun qo‗shimcha ish joylari tashkil qilinishi orqali foyda ko‗radilar. Ba‘zi ma‘lumotlarga qaraganda, offshor biznesda band bo‗lgan kapital 500 mlrd. dollorga yetadi. Unda qariyib 2 mln kishi qatnashadi va har yili bir necha ming yangi kompaniya ro‗yxatga olinadi. Majmuaviy hududlar alohida ma‘muriy tumanlar hududida umumiy xo‗jalik yuritish rejimiga nisbatan alohida, imtiyozli rejim o‗rnatish bilan tashkil qilinadi. Ularga Xitoyning 5 ta maxsus iqtisodiy hududini, Braziliyadagi ―Manuas‖ hududini, Argentinadagi ―Olovli yer‖ni, sanoati rivojlangan davlatlarning kam rivojlangan hududlaridagi erkin tadbirkorlik hududlarini kiritish mumkin. Turli ko‗rinishdagi erkin iqtisodiy hududlarning o‗xshash tomonlari ularda o‗zida tadbirkorlar uchun bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlari va umumiy rejimga nisbatan ustunliklar bo‗lgan qulay investitsion iqlim mavjudligidadir. Turli hududlarda imtiyoz va rag‗batlantirishlar ba‘zi jihatlari bilan farq qiladi. Imtiyozlar 4 ta asosiy guruhga ajratiladi: Tashqi savdo imtiyozlari . Bu alohida bojxona-tarif rejimini kiritish (eksport- import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish) va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish tartibini soddalashtirish. Soliq imtiyozlari . Bunda faoliyatning ma‘lum ko‗rinishlari soliq imtiyozlari orqali rag‗batlantiriladi. Bu imtiyozlar soliq bazasi (daromad, mulk qiymati va h.k.), uning tarkibiy qismlari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqiga xarajat, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling