«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet183/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

193 
aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba‘zi bir ehtiyot 

qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va shunga o‗xshash turli xil xalq iste‘mol


mollarini ham ishlab chiqaradi. 
Yuqorida keltirilgan misollarda ma‘lum bir nuqtada yoki yirik korxonalar
doirasidagi kombinatsiyani ko‗rish mumkin. Uning hududiy ko‗rinishi esa hududiy 
ishlab chiqarish majmuasining o‗zginasidir. Umuman olganda, ishlab
chiqarishning ijtimoiy shakllari o‗zaro bog‗liq. Chunonchi, ixtisoslashgan 
korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish
bo‗g‗inlari ham u yoki bu ko‗rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq bu yerda 
ularning bir joyda to‗planganligi, yig‗ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan
yuqori bo‗lishi lozim, aks holda, tom ma‘nodagi mujassamlashuv bo‗lmaydi. 
Mujassamlashuv
yoki

ixtisoslashuv,


ayni

paytda,
shu

sohaning
rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda 
korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko‗lami bilan o‗lchansa, ixtisoslashuvda esa u
o‗z ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi. Kooperatsiya va 
kombinatsiya bir-biriga o‗xshashligini yuqorida qayd qilgan edik. Bu masalaga
yana bir yondashsak, ularning ikkalasi uchun ham ixtisoslashuv tegishli 
ekanligining guvohi bo‗lamiz.
Agar kooperatsiyaga asosan detal yoki qism darajasidagi ixtisoslashuv mos 
bo‗lsa, kombinatsiya uchun texnologik, yarim mahsulot ishlab chiqarish doirasida
ixtisoslashgan korxonalar birikmasi xosdir. Shuning uchun ularning aloqadorlik va 
farqlarini aniqlash, ijtimoiy va hududiy tomonlarini ajrata bilish, bir-birlarini
bog‗lab ko‗rish iqtisodiy geografik o‗rganishning muhim shartidir. 
Mustaqillikni mustahkamlash va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‗tish
sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllaridan to‗g‗ri va 
oqilona foydalanish zarur. Masalan, har qanday mustaqil davlatning iqtisodiy
qudratini faqat kichik yoki tor darajada ixtisoslashgan korxonalar bo‗yicha 






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling