IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
192
ishlash, uning chiqindilaridan to‗la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab
chiqarishni anglatadi.
Kombinatsiya bir geografik nuqtada, hatto korxonalar birlashmasi doirasida
kattaroq joy yoki rayonda ham bo‗lishi mumkin. Xalq xo‗jaligi tarmoqlari orasida
esa u ayniqsa, qora va rangli metallurgiya, kimyo, o‗rmon, oziq-ovqat, yengil va
qurilish sanoatiga tegishlidir. Xullas, qayerda ―kombinat‖ so‗zini uchratsak, uni
o‗sha sohada ko‗ramiz, hatto aholiga xizmat ko‗rsatuvchi tarmoqlarda ham
(maishiy xizmat kombinatlari).
Sanoatda kombinatlar texnologik jihatdan bog‗liq bo‗lgan zavod yoki bir
necha sexlardan tashkil topgan bo‗ladi. Masalan, qora metallurgiya kombinatlari,
aniqrog‗i, to‗liq siklli kombinatlar cho‗yan, po‗lat va prokat ishlab chiqaruvchi
zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo‗lma-sa, u holda kombinat to‗liq
siklga ega emas (Bekoboddagi O‗zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday
korxonalardan).
To‗qimachilik kombinatlari yigiruv, bo‗yoqlash, tayyorlash sexlaridan iborat.
Xomashyo bitta paxta tolasi yoki pilla mahsuloti; go‗sht kombinatida ham yagona
xomashyo asosida bir necha mahsulot: go‗sht, konserva, kolbasa kabi boshqa
go‗sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqin-disidan, masalan, suyak va qondan
qishloq xo‗jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan
so‗ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi. O‗rmon, sement-shifer, kimyo
kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, Markazlashgan issiqlik
elektr stansiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular, ayni paytda, elektr
energiyasi va par (bug‗) beradi.
Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko‗pchiligiga xosdir.
Faqat mashinasozlikda ―kombinat‖ so‗zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu
yerda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda, keng
iste‘mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli
Do'stlaringiz bilan baham: |