«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet192/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

203 
jihatidan rivojlanib bordi. Hunarmandchilikning rivojlanishi, savdo-sotig‗ning 

o‗sishi bilan ishlab chiqarishning tabaqalanishi jarayoni kuchaydi va bugungi


murakkab ijtimoiy-hududiy mehnat taqsimotining shakllanishiga olib keldi. 
Ishlab chiqarishning tarmoq mehnat taqsimoti iqtisodiyotining yirik
tarmoqlariga, chunonchi, sanoat, qishloq xo‗jaligi, transport va infrastrukturadagi 
bo‗linishni ifodalaydi. Tarmoqlararo mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning
tarkiban murakkablashib borish jarayonidir, chunonchi, sanoatda undiruvchi va 
ishlov beruvchi sanoat tarmoqlari, bular ham, o‗z navbatida, yoqilg‗i-energetika,
metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatiga, qishloq 
xo‗jaligi – dehqonchilik va chorvachilikka, transport esa quruqlik, suv va havo
transport tarmoqlariga, infrastruktura esa g‗oyat tabaqalashgan ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish tarmoqlariga bo‗linishidir.
Monopoliyalar, konsernlar, assotsiatsiyalar, korxonalar, jamoa xo‗jaliklari, 
firmalar va boshqalar ishlab chiqarishning xilma-xil shakllaridagi mehnat taqsimoti
– mahalliy yoki lokal mehnat taqsimotidir. Bir mamla-kat doirasida rivojlanadigan, 
mamlakatning tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan iqtisodiyot
sohalarining ixtisoslashuv jarayoni mamlakat mehnat taqsimoti deyiladi. Bunday 
mehnat taqsimotida mamlakatning turli qismlari ishlab chiqarishning bir yoki bir
necha soha-lariga ixtisoslashadi. Chunonchi, sobiq Ittifoq sharoitida 15 ta 
ittifoqdosh respublika iqtisodiyotining ixtisoslashuvidan tarkib topgan Butunittifoq
mehnat taqsimoti shakllangan edi. Butunittifoq mehnat taqsimoti doirasida 
Markaziy, shimoli-g‗arbiy, Ural, Donetsk-Dnepr bo‗yi iqtisodiy rayonlari ishlab
chiqarish kuchlari rivojlangan, sanoatlashgan rayonlar hisoblansa, O‗zbekiston, 
Qirg‗iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalaridan iborat O‗rta Osiyo
iqtisodiy rayoni mineral xomashyo va qishloq xo‗jalik mahsulotlari (paxta, 
bog‗dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik) yetkazib berishga ixtisoslashganligi
bilan ajralib turgan. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling