«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet185/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

195 
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishda ikkita kontseptual yondashish 

qo‗llaniladi: hududiy va funksional (nuqtali). Birinchi holatda, hududdagi barcha


rezident korxonalar xo‗jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar. 
Erkin iqtisodiy hududlarning eng oddiy ko‗rinishlaridan biri erkin bojxona
(bojsiz) hududlari (EBH) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi 
birinchi avlod hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud.
Bunday hududlar ko‗pincha ―Bond omborlari‖ yoki ―Erkin bojxona hududlar‖ deb 
ataladi. Erkin bojxona hududlari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod
qilinadi. Ular ko‗plab mamlakatlarda mavjud. 


Erkin savdo hududlari
AQShda eng ko‗p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish 
1934-yildagi maxsus qonunda nazarda tutilgan. Uning maqsadi savdoni
rag‗batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini 
kamaytirishdan iborat.
Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus 
―dyuti fri‖ magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat
chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga 
imtiyozli holatga ega bo‗lgan an‘anaviy erkin portlarni kiritish mumkin.
Sanoat ishlab chiqarish hududlari
ikkinchi avlod hududlari hisoblanadi. 
Ular erkin savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital ham olib kiritilishi va ularda
faqat savdo bilan emas, balki ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shu g‗ullanilishi 
oqibatida erkin savdo hududlarining evolutsiyasi natijasida vujudga keladi.
Sanoat ishlab chiqarish hududlari maxsus boj rejimiga ega bo‗lgan 
hududlarda tashkil qilinadi. Ularda eksport uchun yoki import o‗rnini bosuvchi
tovarlar ishlab chiqariladi. Bu hududlar sezilarli soliq va moliyaviy imtiyozlarga 
ega bo‗ladilar. Eksport ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish mantiqi
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan belgilangan edi. O‗tgan asrning 60-





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling