«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet184/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

194 
parchalab yuborish maqsadga muvofiq emas. Shu bois, mamlakat uchun katta, 

o‗rta va kichik, turli darajada ixtisoslashgan korxonalarning turg‗un uyushmasi,


majmuasi kerak. 


Erkin iqtisodiy zonalar (hududlar).
Erkin iqtisodiy hududlar (EIH) 
dunyoning ko‗plab davlatlarida mavjud. XX asrning oxirlarida dunyoda turli
xildagi 4 mingdan ortiq EIHlar mavjud edi. G‗arb mutaxassislarining fikricha 
2014-yilga kelib jahon tovar aylanmasining 30% i turli erkin iqtisodiy hududlarda
ro‗y berdi. Xalqaro korporatsiyalar o‗z faoliyatlari uchun imtiyozli sharoitlarni 
qidirib, EIH larni ko‗p foyda olish mumkin bo‗lgan joy, deb hisoblashadi. Yirik
xalqaro korporatsiyalar erkin iqtisodiy hududlarda o‗z ishlab chiqarishlarini tashkil 
qilishni ekspansiyalarining muhim yo‗nalishi deb hisoblaydilar.
Erkin iqtisodiy hududlar 


mamlakatning boshqa qismlarida ishlatilmaydigan 

imtiyoz va rag‗batlantirishning o‗ziga xos tizimi qo‗llaniladigan milliy iqtisodiy 

hududning bir qismi
dir. Odatda, EIHlar geografik jihatdan u yoki bu darajada 
alohida hududdir.
Erkin iqtisodiy hududlar ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq 
iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida ko‗riladi.
Ularning faoliyat ko‗rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va 
erkinlashtirish bilan bog‗liq. Erkin iqtisodiy hududlarning iqtisodiyoti tashqi
dunyoga ochiqligi katta darajada bo‗ladi. Bojxona, soliq va investitsion rejimi esa 
tashqi va ichki investitsiyalar uchun qulaydir. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil
qilishning muhim sabablaridan biri shundaki, ko‗pincha davlat iqtisodiyotini 
kapital oqimi uchun to‗liq ochishni, o‗ziga xos investitsiya oqimini hamma joyda
ishlatishni istamaydi. Shuning uchun ham maxsus hudud sifatida qisman ochiqlikni 
ishlatadi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling