IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
196
yillari o‗rtalarida bu yerda sanoat eksportini rag‗batlantirish va xorijiy kapital
oqimi yordamida bandlik darajasini oshrish zaruriyati tug‗ilgan edi.
Texnika kiritish hududlari uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (XX asr 70-
80-yillari). Ular stixiyali tarzda hosil bo‗ladi yoki maxsus ravishda davlat
yordamida yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va
moliyaviy tizimdan foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyiha, ilmiy-
ishlab chiqarish firmalari jamlanadi. Eng ko‗p texnika kiritish hududlari AQSh,
Yaponiya, Xitoyda faoliyat ko‗rsatmoqda. AQShda ular texnoparklar, Yaponiyada
esa texnopolislar, Xitoyda – ilg‗or texnologiyalar hududi deb ataladi.
Jahonda eng mashhur va AQShda eng yirik ―Silikon vodiysi‖ nomli
texnopark jahon hisoblash texnikasi vositalari va kompyuterlar ishlab
chiqarishining 20 foizini yetkazib beradi. Umuman AQShda 80 dan ortiq bunday
hududlar mavjud. Yaponiyada mahsus hukumat dasturlari doirasida ilg‗or ilmiy
tashkilotlar asosida yigirmaga yaqin texnopolislar tashkil qilingan. Xitoyda ham
bunday hududlar, odatda, davlatning ilm va texnikani rivojlantirish rejalarini
amalga oshirish paytida tashkil qilinadi. 90-yillarning o‗rtalaridan boshlab Xitoyda
50 dan ortiq yangi va ilg‗or texnologiyalarni rivojlantirish hududlari ishlamoqda.
Turli moliya-iqtisodiy, sug‗urta va boshqa xizmatlar ko‗rsatuvchi firma va
tashkilotlar uchun tadbirkorlik faoliyatining imtiyozli sharoitlari yaratiladigan
hududlar servis hududlari deb ataladi.
Servis hududlar
qatoriga offshor hududlar (OH) va solih gavanlari (SG)
kiradi. OH va SG tadbirkorlarni qulay valyuta-moliya, fiskal sharoitlar, bank va
tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi bilan o‗ziga jalb
qiladi.
Offshor kompaniyalar faoliyat ko‗rsatayotgan davlatlar qatoriga Lixtenshteyn,
Panama, Normandiya orollari, Men oroli (Britaniya), Antil orollari, Gonkong,
Madeyra, Liberiya, Irlandiya, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Oxirgi o‗n yillikda
Do'stlaringiz bilan baham: |