«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet182/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

192 
ishlash, uning chiqindilaridan to‗la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab 

chiqarishni anglatadi.


Kombinatsiya bir geografik nuqtada, hatto korxonalar birlashmasi doirasida 
kattaroq joy yoki rayonda ham bo‗lishi mumkin. Xalq xo‗jaligi tarmoqlari orasida
esa u ayniqsa, qora va rangli metallurgiya, kimyo, o‗rmon, oziq-ovqat, yengil va 
qurilish sanoatiga tegishlidir. Xullas, qayerda ―kombinat‖ so‗zini uchratsak, uni
o‗sha sohada ko‗ramiz, hatto aholiga xizmat ko‗rsatuvchi tarmoqlarda ham 
(maishiy xizmat kombinatlari).
Sanoatda kombinatlar texnologik jihatdan bog‗liq bo‗lgan zavod yoki bir 
necha sexlardan tashkil topgan bo‗ladi. Masalan, qora metallurgiya kombinatlari,
aniqrog‗i, to‗liq siklli kombinatlar cho‗yan, po‗lat va prokat ishlab chiqaruvchi 
zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo‗lma-sa, u holda kombinat to‗liq
siklga ega emas (Bekoboddagi O‗zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday 
korxonalardan).
To‗qimachilik kombinatlari yigiruv, bo‗yoqlash, tayyorlash sexlaridan iborat. 
Xomashyo bitta paxta tolasi yoki pilla mahsuloti; go‗sht kombinatida ham yagona
xomashyo asosida bir necha mahsulot: go‗sht, konserva, kolbasa kabi boshqa 
go‗sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqin-disidan, masalan, suyak va qondan
qishloq xo‗jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan 
so‗ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi. O‗rmon, sement-shifer, kimyo
kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, Markazlashgan issiqlik 
elektr stansiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular, ayni paytda, elektr
energiyasi va par (bug‗) beradi. 
Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko‗pchiligiga xosdir.
Faqat mashinasozlikda ―kombinat‖ so‗zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu 
yerda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda, keng
iste‘mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling