«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet179/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

189 
tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha bo‗lmasligi mumkin. Aytaylik

rayon yoki viloyatda respublikada ishlab chiqilgan mahsulot shu yerning o‗zida


batamom iste‘mol qilinsa yoki, aksincha, ushbu mahsulot mahalliy sharoit 
ehtiyojini qondirmay, tamomila chetga chiqarilsa, har ikkala holda ham to‗laqonli
ixtisoslashuv bo‗lishi mumkin emas. Birinchi misolda oddiy natural xo‗jalik, 
ikkinchi holda esa xomashyoga asoslangan qaram rayon yoki mamlakat guvohi
bo‗lamiz, chunki ko‗p degan so‗z har doim ham ortiqcha degan ma‘noni 
anglatmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Markaziy iqtisodiy rayonida
Belorussiyadan ko‗proq kartoshka yoki Boltiqbo‗yi respublikalariga ko‗ra ko‗proq 
sut ishlab chiqariladi. Ammo na kartoshka, na sut Rossiyaning Markaziy rayoni
uchun ixtisoslashgan tarmoq hisoblanmaydi, zero bu mahsulotlarning barchasi o‗z 
joyida iste‘mol qilinadi, chunki rayonning o‗zida 30 mln kishidan ziyod aholi
yashaydi. Ayni paytda, kartoshka Belorussiya Respublikasi uchun, sut Boltiqbo‗yi 
mamlakatlariga ixtisoslashgan tarmoq bo‗lib xizmat qiladi. Bu joylarda qishloq
xo‗jalik mahsulotlariga bo‗lgan mahalliy talab qondiriladi, ortiqchasi esa chetga 
chiqariladi.
Shunday tartibda 
mulohaza yuritib, O‗zbekistondagi ixtisoslashgan
tarmoqlarni aniqlash mumkin. Chunonchi, respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog‗-
kon sanoati, avtomobilsozlik va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak
gazlamaga, un, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkul, chunki bu 
mahsulotlar O‗zbekistonda hozircha yetarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular
mahalliy talabni to‗la qondira olmaydi. 
Ixtisoslashuv, albatta, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha
ijtimoiy jabhalarga ham molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar 
o‗qituvchi, boshqalari agronom, muhandis, iqtisodchi kabi mutaxassislarni
tayyorlaydi. Sababi bu oliygohlar shunday xodimlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling