«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet175/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

185 
tekshirish muassasalari, oliy o‗quv yurtlari yirik shaharning ta‘sir doirasida 

o‗rnashadi – shahar aglomeratsiyasi, sanoat tuguni vujudga keladi. Ammo


aglomeratsiyalar ham o‗ziga xos hududiy mujassamlashuvdir. Fanda aglomeratsiya 
omili va u bilan bog‗liq aglomeratsiya samaradorligiga ilk bor nemis olimi

Alfred 

Veber
(1909-y.) asos solgan. 
Yuqorida keltirilgan mulohazalarga misol sifatida, Toshkent atrofida
joylashgan go‗sht kombinati (O‗rtaovul shaharchasi), ToshIES, Toshkent agrar 
universiteti (Yalang‗och shaharchasi), Yadro fizikasi instituti (Ulug‗bek
shaharchasi), alkagolsiz ichimliklar kombinati (Qibray) va hokazolarni ko‗rsatish 
mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo‗jaligi uchun zarur bo‗lgan bu
korxonalarni poytaxtda qurishning iloji yuq, lekin ular ists‘molchi, sanoat, ilm-fan 
markaziga yaqin bo‗lmog‗i lozim. Bundan yana bir xulosa, ya‘ni ishlab chiqarish
mujassamlashuvi bilan shahar rivojlanishi o‗rtasidagi munosabat kelib chiqadi. 
Dastlab, shaharning vujudga kelish va ulg‗ayishida ishlab chiqarishni joylashtirish
(mujassamlashuvi) yetakchi rol o‗ynaydi, keyinchalik esa shaharning o‗zi ishlab 
chiqarishning hududiy tashkil etish omiliga aylanadi.
Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiraylik. Masalan, 
O‗zbekiston sanoat mahsulotining yarmidan ko‗pini har birida 2000 dan ortiq
ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab chiqaradi, deb faraz qilaylik. Bu ishlab 
chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. Toshkent shahrida mavjud
korxonalar O‗zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining, taxminan, 15-16 
foizini beradi – bu urbanistik mujassamlashuv bo‗ladi. Agar Farg‗ona vodiysini
respublikamizning asosiy pilla yoki meva maskani, neft mahsulotlari yoki o‗simlik 
moyi ishlab chiqaruvchi rayoni sifatida ko‗rsak, u holda hududiy
mujassamlashuvni nazarda tutgan bo‗lamiz. 
Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni chog‗da ma‘lum bir sohaning
rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu yerda ―umumiy maxraj‖ bo‗lib shahar, 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling