«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
183 kredit, narx-navo, investitsiya siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib boradi. Xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa, Yevropada ishlab chiqarishni joylashtirish nazariyasi bozor iqtisodiyotiga mos ravishda yaratilgan va amaliyotda sinalgan. Masalan, ―shtandort‖ nazariyasi doirasidagi aglomeratsion qulaylik yoki samaradorlik omili ham juda murakkab bo‗lib, u o‗zida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etilishining barcha shakllarini va xususan, kooperatsiya va ixtisoslashuvni uyg‗unlashtirilgan holda aks ettiradi. Qolaversa, ishlab chiqarish aglomeratsiyasi bu korxonalarni ma‘lum bir nuqta yoki joyda to‗planishi, mujassamlashuvi hamdir. U, ayni paytda, infrastruktura omilini o‗ziga singdiradi, chunki infrastruktura jihatdan ta‘minlanganlik hududlarning investitsiya jalb qilish qobiliyatini (jozibadorligini) kuchaytiradi. ―Shtandort‖ nazariyasi mamlakatni industriyalashning dastlabki bosqichlariga juda qo‗l keladi. U hududning iqtisodiy jihatdan uncha rivojlanmagan sharoitida barcha uchun va hamma vaqt kerak bo‗lgan mahsulotlarni ishlab chiqarmaydigan noyob sanoat tarmoqlariga taalluqlidir. Hududning iqtisodiy zichligi, uning murakkablashib va rivojlanib borishi bilan ishlab chiqarishni geografik tashkil etishda boshqa g‗oya va omillardan foydalanishga to‗g‗ri keladi. Chunonchi, hamma uchun har doim lozim bo‗lgan mahsulotlar, aholiga maishiy xizmat ko‗rsatish tarmoqlari turli yiriklikdagi va turli funksiyali markazlarda pog‗onasimon yoki iyerarxiyali joylashtiriladi (bu borada V.Kristallerning ―markaziy o‗rinlar‖ g‗oyasi katta ahamiyat kasb etadi). Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to‗planishi, yig‗ilishi iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishlidir. Ammo geografik jihatdan u eng avvalo, sanoat, qishloq xo‗jaligi va transport, ya‘ni moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo‗ladi. Qolaversa, iqtisodiy geografiya fanining obyektini, aynan, shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, ularning joylashish xususiyatlari belgilab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling