«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet169/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

179 
sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarni arzon elektr energiya manbalariga yaqin 

joyda qurilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‗ladi.


Rossiyaning bir qator shaharlarida GES va alyuminiy zavodlari aynan bir 
joyda, bir markazda uchraydi. Masalan, Bratsk GESi va Bratsk alyuminiy zavodi,
Krasnoyarskdagi GES va alyuminiy zavodi va h.k. Bunday korxonalar birikmasi 
Volgograd, Volxov, Zaporojye va boshqa shaharlarda ham mavjud. O‗rta Osiyo
mamlakatlarida yagona bo‗lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi Tojik alyuminiy 
zavodi Norak GESiga yaqin joyda qurilgan.
Demak, elektr enegiyasi bir qator sanoat korxonalarini o‗z atrofiga ―yig‗ar‖ 
ekan. Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish qudratiga ega. Bizning
sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o‗zlashtirish uchun ham kerak. 
Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Talimarjondagi bir qator nasos
stansiyalari vositasi bilan sug‗oriladi. Elektr quvvati Norak-Tursunzoda (Regar)-
G‗uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning o‗zida juda yirik mahalliy
tabiiy gaz asosida ishlaydigan Talimarjon IES qurilmoqda. 


Suv
va

iqlim sharoitlari
ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda 
katta ahamiyatga ega. Suv manbaalari, ayniqsa kimyo, yog‗och-sellyuloza,
metallurgiya zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta‘sir qiladi. Jumladan, cho‗yan 
erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak. Suv va iqlim sharoitlari boshqa
sanoat korxonalarini qurishda ham e‘tiborga olinadi. Bu omilning ahamiyati 
qishloq xo‗jaligi, dehqonchilik uchun nihoyatda katta. Chunonchi, O‗rta Osiyo,
xususan, O‗zbekiston Respublikasida an‘anaviy dehqonchilik uning issiq va quruq 
iqlimiy sharoitida faqat sun‘iy sug‗orish asosida olib boriladi. Paxta, meva,
sabzavot, uzum va boshqa qishloq xo‗jalik mahsulotlariga suv hamda issiq iqlim 
(ma‘lum miqdordagi vegetatsiya haroratining miqdori) juda zarur. Shu bilan birga,
issiq iqlim sharoitida sanoat korxonalarini ochiq usulda qurish, suv va boshqa 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling