IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
175
yoki mehnat sarflanadi) turadi. Qaysi omil bo‗yicha yirik son chiqsa, odatda, uning
ahamiyati shuncha joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani o‗taydi.
Shuni alohida qayd etish joizki, ma‘lum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar
yoki kichik ―tarmoqchalar‖ uchun bittagina omil tegishli bo‗lishi mumkin.
Jumladan, mashinasozlik tarmog‗iga kiruvchi ba‘zi bir korxonalarni joylashtirishda
xomashyo (metall) ko‗proq ahamiyatga ega bo‗lsa, boshqasi uchun malakali ishchi
kuchi muhim omil hisoblanadi.
Xomashyo omili
. Tabiiyki, barcha mahsulot xomashyosiz yaratil-maydi.
Ammo ayrim mahsulotlarni olish uchun xomashyo boshqalariga qaraganda
ko‗proq sarflanadi. Shu bois bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin
joylashtiriladi.
Sanoatning ba‘zi tarmoqlari, masalan, tog‗-kon, o‗rmon, baliqchilik sanoati
korxonalarining joylashuvi xomashyo bo‗lmagan rayonlarda rivojlanmaydi.
Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy
boyliklar geografiyasi bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlariniig hududiy
tashkil etilishi esa biroz murakkabroq tusga ega. Bu borada bir qator fakt va
raqamlarni keltirish o‗rinli. Masalan, 1 t paxta tolasini olish uchun taxminan 3 t
xom paxta, 1 t paxta yog‗i uchun 5 t chigit, 1 t pista yog‗i uchun 3 t kungaboqar, 1
t shakar uchun 7 t qand lavlagisi ishlatiladi. Ushbu raqamlarni nisbiy (foiz)
ko‗rinishida berish foydadan xoli emas. Chunonchi, paxta tolasining oq paxtadan
chiqishi 32-33 foiz, paxta yog‗ining chigitdan olinishi 19-20, shakarni qand
lavlagi-dan tayyorlash 14-15 foiz va shunga o‗xshash. Demak, bu korxonalar
xomashyo rayonida yoxud unga yaqin maskanda joylashtirilishi shart.
Mineral o‗g‗itlar ichida kaliy o‗g‗itini ishlab chiqarish geografiyasi batamom
xomashyo omili bilan belgilanadi, chunki uni olish uchun ko‗p miqdorda kaliy tuzi
sarflanadi. Ayni paytda, azot (selitra) o‗g‗itini ishlab chiqaruvchi korxonalar ancha
Do'stlaringiz bilan baham: |