«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
177 yerlardan qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo‗lmaydi, sababi unda kerakli mineraldan ko‗ra foydasiz jinslar ko‗proq. Shuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi kerak. Boyitilgandan so‗ng ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi nihoyatda past) miqdori bir necha barobar ko‗payadi. Lekin bu bilan ham uning hissasi yetarlicha bo‗lmaydi. Shu sababdan metallurgiya korxonalari ko‗proq xomashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Yer yuzida ―boy‖ konlar ham yo‗q emas. Jumladan, Kursk magnit anomaliyasi (Rossiya) doirasiga kiruvchi Belgorod yaqinidagi konlarda temirning rudadagi ulushi 60-65 foizgacha yetadi. Binobarin, bundan qazib olingan xomashyo to‗g‗ridan-to‗g‗ri, boyitilmasdan domna pech-larida eritilishi mumkin. Shunday ekan, ularni tashib borish uchun trans-port xarajatlari va pirovard natijada, eritilgan cho‗yanning tannarxi uncha yuqori bo‗lmaydi. Bu esa korxonalarni yoqilg‗i (kokslanuvchi ko‗mir) rayonida yoki unga yaqin joylarda qurishni taqozo etadi. Qozog‗iston Respublikasidagi Qaraganda to‗liq siklli metallurgiya kombinati bevosita ko‗mir havzasi rayonida joylashtirilgan, Lipetsk, Tula, Krivoy Rog kombinatlari esa xomashyo, ya‘ni temir rudasi konlariga yaqin joyda qurilgan. Ba‘zan metallurgiya zavodlari xomashyo va yoqilg‗i rayonlari o‗rtasida joylashtirilgan, chunki mazkur sanoat tarmog‗i uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo‗lib Cherepovetsk metallurgiya kombinati (Rossiya Federatsiasi) xizmat qiladi. U Pechora kokslanuvchi ko‗mir havzasi bilan Kola yarim oroli temir rudasi konlarining, taxminan, o‗rtasida qurilgan. Ammo korxona aniq ikki oraliq masofada emas, u biroz g‗arbga ―tortilgan‖, sababi Sankt- Peterburgning yirik mashinasozlik sanoatini po‗lat va prokatga bo‗lgan extiyojini qondirishdir. Korxona yaqinida katta suv ombori ham bor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling