«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
174 ekologik inqirozlar va sanoatning eng yangi sohalarining sof tabiiy muhitga bo‗lgan talabi bilan bog‗liqdir. Aholi o‗sishi va ishlab chiqarish sur‘atlarining haddan tashqari tezlashuvi, uning to‗planish jarayonining kuchayishi oqibatida atrof-muhitga ta‘siri kuchaydi. Atmosferaning ifloslanishi, tuproq va yer resurslarining yaroqsiz holga kelishi, o‗rmon resurslarining qisqarishi, yirik shaharlardagi (megalopolislar) ijtimoiy-ekologik muammolarning haddan tashqari kuchayishiga olib keldi. Natijada, ishlab chiqarish kuchlari, ya‘ni sanoat, qishloq xo‗jaligi, trans-port va infrastuktura sohalarini mamlakat hududlari bo‗yicha bir tekis joylashtirish, atrof-muhitga ta‘siri kuchli korxonalar (kimyo, neft-kimyo, metallurgiya va boshqalar) qurilishini cheklash siyosatining amalga oshirilishi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning boshqa hudud va mamlakatlarga ―iflos‖ ishlab chiqarish sohalarini ko‗chirish siyosatini yuzaga keltirdi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishga tobora keng sur‘atda kamchiqindi va chiqindisiz texnologik jarayonlarni qo‗llashdan iborat berk ishlab chiqarish tizimini to‗la joriy qilish qo‗llanmoqda. Umuman, sanoat, qishloq xo‗jaligi, transport, ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi va joylashishida, bu tarmoqlar iqtisodiy samaradorligini oshirishda mavjud tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishda barcha omillar majmuasini hisobga olish samarali hududiy ishlab chiqarish tizimini shakllantirish imkonini beradi. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar, omillar hisobga olinadi. Lekin ma‘lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol o‗ynaydi. Bu masalani tushunish uchun yaratiladigan mahsulotga suv yoki elektr quvvati, ishchi kuchining qay darajada sarflanishi ko‗rsatish kifoya. Boshqacha aytganda, kasr maxrajida mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omil (masalan, 1 tonna shakar olish uchun qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr quvvati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling