«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishiga ta‟sir etuvchi


Download 1.44 Mb.
bet160/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishiga ta‟sir etuvchi 

umumiqtisodiy qonunlar.
Qonun – tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

170 
(o‗zaro aloqadorligini) barqaror takrorlanib turuvchi sabab-oqibat bog‗lanishlarini 

ifodalasa, qonuniyat voqea va hodisalarning ketma-ketligining barqarorligini va


qonunlar majmuasininig o‗zaro uyg‗unligini ifodalaydi. 
Ishlab
chiqarish 
kuchlari
taraqqiyotining 
butun
tarixiy-geografik 

bosqichlarida amal qiladigan ularning sababiy aloqa va o‗zaro ichki


bog‗lanishlarini ifodalaydigan iqtisodiy qonunlar majmuasi umumiy iqtisodiy 
qonunlar deyiladi. Iqtisodiy qonunlar majmuasi ishlab chiqarish munosabatlarining
ishlab chiqaruvchi kuchlarning xarakteri va rivojlanish darajasi bilan bog‗liqligi, 
samarali ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, mehnat unumdorligining oshib
borishi, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarning oshib borishi, ishlab chiqarish 
jarayonlarining umumlashuvi va iqtisodiy integratsiyasining chuqurlashuvi, davlat
monopolistik mulki va iqtisodiyotning rivojlanishi ishlab chiqarish monopolizmi 
va davlatning antimonopolistik tadbirlari, davlatning iqtisodiyotning boshqaruviga
aralashuvi, mintaqaviy rejalashtirish va bashorat qilish, mintaqaviy, iqtisodiy 
rayonlashtirish kabilardan iborat.
Ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari xarakteri va 
rivojlanish darajasiga mos kelishi jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Ayni vaqtda,
ishlab chiqarish munosabatlari (moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonlaridagi o‗zaro munosabatlar majmuasi)
ishlab chiqarish kuchlarining belgilovchi ta‘siri ostida rivojlanadi. 
Bugungi kunda, bozor iqtisodiyotiga o‗tish va bozor munosabatlarini
shakllantirish, murakkab va umuminsoniy jarayon bo‗lib, obyektiv zaruriyatga 
aylandi. Chunki, bozor iqtisodiyoti jahon sivilizatsiyasining g‗oyat ulkan yutug‗i
sifatida – iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‗sish va aholi 
farovonligini uzluksiz ta‘minlovchi iqtisodiy tizim ekanligini isbotladi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlaridan unumli va samarali 
foydalanishni ta‘minlash bilan shunga mos yuksak ishlab chiqarish






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling