IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
168
a)
moddiy ishlab chiqarish
– ya‘ni sanoat, qishloq va o‗rmon xo‗jaligi,
qurilish, transport va aloqa (kommunikatsiya tizimi), savdo va umumiy
ovqatlanish, moddiy texnika ta‘minoti (logistika);
b)
nomoddiy yoki ijtimoiy-madaniy sohalar
– ya‘ni madaniyat, ta‘lim
tizimi, sog‗liqni saqlash, fan, boshqaruv uy-joy va kommunal xizmat, xizmat
ko‗rsatish (servis) va axborotlar tizimidir.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‗rsatmoqdaki,
XX asrning 50-yillaridan boshlab ITI ta‘sirida moddiy sohalardagi chuqur sifat
o‗zgarishlari ijtimoiy-iqtisodiy sohalar taraqqiyotiga yoki iqtisodiyotning
ijtimoiylashuviga kuchli ta‘sir etmoqda. Natijada, moddiy sohalarga nisbatan
―murakkab – servis‖ sohalarining YaMM dagi hissasi uzluksiz ortib bormoqda. Bu
jarayon deyarli barcha bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo‗lib ishlab
chiqarish kuchlari rivojlanishi va taraqqiyotida hamda ularni mamlakatlar,
mintaqalar va xalqaro ko‗lam-da hududiy joylashishida ham o‗zgarishlarni yuzaga
keltirmoqda.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning asosiy
tamoyillari:
ishlab chiqarish tizimlarini xomashyo manbalari, yoqilg‗i va ener-giya
resurslar, iste‘mol mintaqalariga yaqin joylashtirish;
yuqori samarali bo‗lgan tabiiy resurslarni o‗zlashtirish va majmuali
foydalanish tizimini barpo qilish;
mamlakat va mintaqalarda ekologik holatni sog‗lomlashtirish, atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning samarali mexanizmini
ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiatdan foydalanishning boshqaruv tizimini
takomillashtirish;
xalqaro kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va qulay geostrategik
mavqeyidan samarali foydalanish asosida xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini
Do'stlaringiz bilan baham: |