IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
169
chuqurlashtirib, kengaytirib borish yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan
aloqalarni rivojlantirish;
yirik shaharlarning haddan tashqari rivojlanishini tartibga solish, kichik va
o‗rta shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirish, mintaqalarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tabaqalanish jarayonini boshqarish,
iqtisodiyot tarmoqlari dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan
iborat.
XX asr 50-yillarining o‗rtalaridan boshlangan ilmiy-texnika inqilobi ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlantirish, hududiy tashkil qilishni takomillashtirishning
klassik nazariyalariga bir qator ―tuzatishlar‖ kiritdi. Bunday tuzatishlar: a)
sanoatning o‗ta yangi tarmoqlari, avvalo ilmiy tadqiqot va loyihalash-tajriba ishlari
bilan chambarchas bog‗liq ―ilmtalab‖ sohalarning gurkirab rivojlanishi; b) qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarishi-ning sanoat asoslariga ko‗chishi – agrosanoat
majmuasining (agrobiznes) rivojlanishi; v) infrastruktura sohalarining milliy
daromaddagi hissasining barqaror ortib borishi; g) ishlab chiqarish tizimini tobora
transport-geografik o‗ringa va xomashyoga bog‗liqligining qisqarib borish
jarayoni; d) ilmiy-tadqiqot ishlari va loyihalash-tajriba markazlari rolining ortib
borishi; j) yuqori malakali mehnat hissasining tobora keng rol o‗ynashi; z)
ijtimoiy-ekologik omillar – ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va
joylashishida sezilarli o‗zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Chunonchi, 70-yillarning
o‗rtalaridan boshlab ishlab chiqarish tizimidagi o‗zgarishlar keng sur‘atda
―markazdan qochma‖ yo‗nalishi (bir mamlakat va jahon xo‗jaligi doirasida) va
sohil bo‗yiga to‗planish negizida port-sanoat ishlab chiqarish majmualarining
yuzaga kelishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida katta o‗rin tutishi bilan
bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |