IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
167
tushuniladi. Siyosiy-goegrafik joylashishning qulayligi yoki noqulayligi inqiloblar,
davlat to‗ntarilishlari, urushlar va boshqa jarayonlar tufayli o‗zgarib turadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.
Iqtisodiy geografik o‗rin nima?
2.
Siyosiy geografik joylashish nima?
3.
Geografik o‘rinning geosiyosiy sharoitga qanday bog‘liqlari bor.
4.
Geografik joylashuvning qaysi turi taraqqiyotga ko‘proq ta‘sir ko‘rsatadi?
5.
Mamlakatimiz taraqqiyotida geografik joylashuvning qaysi turi nisbatan
to‘siq bo‘lmoqda?
11-BOB. GEOGRAFIK TUZILMALAR
11.1. Ishlab chiqarish kuchlari, ularni rivojlantirish va joylashtirish masalalari.
11.2. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shakllari.
11.3. Erkin iqtisodiy zonalar (hududlar).
11.4. Geografik mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning shakllanishi.
11.5. Aholi migratsiyasi jarayonlari.
Inson (jamiyat) ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat ne‘matlari va
kuchlarini o‗ziga moslashtirishdan
iborat iqtisodiy jarayon
ishlab chiqarish
deb
yuritiladi. Ko‗rinib turibdiki, ishlab chiqarish insonlarning ma‘lum maqsadga
muvofiq yo‗naltirilgan faoliyati bo‗lib, ehtiyojlarni to‗laroq
qondirishga
mo‗ljallangandir. Bu jarayon ishlab chiqarish omillari – mehnat, kapital, yer va
tadbirkorligining o‗zaro bog‗liq harakat faoliyati
natijasida yuzaga keladi va
jamiyat ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotini tezlashtiradi hamda jamiyat
ehtiyojlarini to‗laroq qondirish uchun shart-sharoit hozirlaydi.
Bugungi ishlab chiqarish ikkita yirik bir-biri bilan bog‗liq sohalar: