«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
187 Xo‗sh, qaysi darajadagi mujassamlashuv ma‘qul degan savol tugiladi. Axir, ayni bir hajmdagi mahsulotni turli xil yiriklikdagi korxona, shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin-ku. Bu yerda ham bir tomonlamalik, qat‘iylik zararli va xavflidir. Binobarin, turli xil kattalikdagi kor-xonalar, shaharlar bo‗lgani maqsadga muvofiq bo‗lsa kerak. Demak, mujassamlashuv obyektiv qonuniyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy samaradorlikka ega bo‗lsa-da, uning ma‘lum chegarasi, darajasi, doirasi bo‗lishi shart. Mamlakatning birgina, aksariyat hollarda poytaxt shahari asosida rivojlanishini Lotin Amerikasi davlatlarining yaqin o‗tmishdagi taraqiyoti yoki Afrika mamlakatlari misolida ko‗rishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar o‗z ijtimoiy-iqtisodiy borlig‗ini ularning eng yirik markazi bo‗lgan poytaxt shahrida mujassamlashtiradi. Bunday hollarda ishlab chiqarishning bir tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibi, o‗ta markazlashgan mujassamlashuvni bildiradi. Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloyatini rivojlantirib, qolgan mintaqa va joylarni o‗z holiga qoldiraverish ham yaramaydi, albatta. Shu bois Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish zamon talabi bo‗lib, bu masalalar mustaqil davlatning ilmiy asosda ishlab chiqilgan mintaqaviy siyosatida o‗z aksini topmog‗i lozim. Markazlashuv mujassamlashuvning bir ko‗rinishidir. Bu yerda ishlab chiqarish korxonalari yoki boshqa tashkilotlar va sohalarni asosan birgina shaharda joylashuvi tushuniladi. Ayni paytda mamlakat yoki xo‗jalik boshqaruvining bunday tizimi yakkahokimlik – monopoliyaga olib kelishi turgan gap, bu esa maqsadga nomuvofiqdir. Yuqoridagi ma‘noda ―mujassamlashuv‖ tushunchasi hamma vaqt ―markaz‖ tushunchasini ifodalaydi. Shubhasizki, bu markaz balandroq turishi, ko‗zga yaqqol va darhol tashlanishi lozim. Ammo ―markaz‖ deganda shaharlarni, umuman, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling