«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet178/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

188 
sanoat yoki madaniyat markazi sifatida qarash ham to‗g‗ri bo‗lmaydi. Qolaversa

barcha shaharlar ham sanoat, madaniyat markazidir. Shuning uchun shahar aynan


qaysi sanoat tarmog‗i markazi ekanligini aniqlash ma‘qulroq hisoblanadi. 
Chunonchi, Angren umuman sanoat markazi emas, balki ko‗mir (yoqilg‗i) sanoat
markazi, Marg‗ilon yoki Namangan – to‗qimachilik, Asaka – mashinasozlik 
sanoatining markazi.
Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo‗lib, u 
hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan
chambarchas bog‗liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning 
uch bosqichi deganda,
korxona
,

shahar
yoki

rayon
miqyosidagi ixtisoslashuv 
tushuniladi. Boshqacha aytganda, ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat
taqsimoti natijasida ma‘lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O‗z 
navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo‗jaligi bo‗lishi ham mumkin),
shahar va rayonlarning qiyofasini, ularning mehnat taqsimotida tutgan o‗rnini 
belgilab beradi.
Ixtisoslashuvning uch turi – bu qism (detal), texnologik yoki yarim mahsulot 
(polufabrikat) va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir.
Ixtisoslashuvning bunday ko‗rinishlari bir-biri bilan uzviy bog‗liq va ular turli 
hududiy bosqichda o‗zgacha xususiyatga ega bo‗ladi.
Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo‗jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy 
rayonlar, shaharlarning funksional tiplari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi
iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste‘moldan 
ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda yetishmaydigan
mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi. 
Ixtisoslashuvni aniqlash uchun muayyan shart va sharoitlar zarur. Muhimi,
mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa 
rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo‗lishi kerak, aks holda bu






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling