«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet174/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

184 
beradi. Chunonchi, sanoat uchun ―nuqta‖ yoki tugun ko‗rinishida hududiy tashkil 

etish, qishloq xo‗jaligiga areal yoki mintaqa (zonal), transport uchun esa


lentasimon yoki chiziq shaklidagi joylashuv xosdir. Iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya ma‘lum darajada xuddi ana shu nuqtalar – sanoat markazlari va
tugunlari, areal va zonalar, ―tasmalar‖ni, ularning joylashuvi, aloqasi va hududiy 
munosabatlarini o‗rganadi. Ijtimoiy obyektlarning hududiy tashkil etilishi esa
yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi bilan belgilanadi. Masalan, aholi va unga xizmat 
ko‗rsatuvchi sohalarning hududiy tizimlari sanoat, qishloq xo‗jaligi va transport
gsografiyasi asosida amalga oshiriladi. Demak, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
nuqta, areal va chiziqlar, ularning o‗zaro hududiy munosabati to‗g‗risidagi fan
hisoblanadi.
Yuqorida mujassamlashuvning hududiy tomoniga e‘tibor berdik. Uning
ijtimoiy tomoni ham xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo‗ladi. 
Umuman olganda, mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq yoki sezilarli
ko‗rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va 
xizmatchilarning turli korxonalarda yig‗ilishi, to‗planishi sof holdagi ishlab
chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlar 
joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko‗rsatish o‗rinli.
Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o‗tib turadi va turli rayon yoki 
mamlakatlarda har xil birikmada bo‗ladi. Masalan, shaharning markazlashuv
darajasi ma‘lum bir bosqichga ko‗tarilgandan, hududning ―sig‗imi‖ optimal 
darajaga yetgandan keyin o‗ziga xos vaziyat vujudga keladi, ya‘ni endi mazkur
shaharda qo‗shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, 
transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun yer maydoni ham yetishmaydi
va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham ―istamaydi‖. 
Demak, yirik shaharda ham emas, undan uzoqda ham emas; shaharning imkoniyati
yo‗q, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Nyatijada, yangi korxona yoki ilmiy 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling