«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet176/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

186 
viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi, hissasi xizmat qiladi. 

Aytaylik, Farg‗ona vodiysida O‗zbekiston Respublikasi aholisining 28 foizi


joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko‗rsatkichi shu raqamdan qancha 
yuqori bo‗lsa, mazkur ishlab chiqarish tarmog‗i vodiyda shunchalik rivojlangan,
mujassamlangan bo‗ladi. 
Korxona, urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon yoki
mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Past darajadagi korxona yoki ishlab 
chiqarish mujassamlashuvi yuqori urbanistik mujassamlashuvga to‗g‗ri kelishi
ham uchraydi. Bu holda shaharda mayda korxonalar soni juda ko‗p bo‗ladi. 
Aksincha,
urbanistik 
mujassamlashuv
past,

ammo
ishlab

chiqarish
mujassamlashuvi yuqori bo‗lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda
masalan, Asaka yoki Xivada katta ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi
misol bo‗la oladi. 
Xuddi shunday, past darajadagi urbanistik mujassamlashuv yuqori hududiy
mujassamlashuvga ham olib keladi. Bu holda mazkur hududda juda ko‗p kichik 
sanoat punkti yoki markazlari mavjud bo‗ladi. Xuddi shu vaziyatni respublikaning
ko‗pgina viloyatlaridagi (Andijon, Buxoro, Farg‗ona, Namangan, Xorazm va h.k.) 
to‗qimachilik qo‗shma korxonalarining joylashganligida uchratamiz. Shu bilan
birga, past darajadagi hududiy mujassamlashuv yuqori urbanistik ko‗rsatkich bilan 
ham uyg‗unlashgan tarzda keladi. Masalan, bir vaqtlar Fransiya deganda, avvalo,
uning poytaxti – Parij, Vengriya ramzida esa Budapesht tushunilar edi.
Shunday qilib, yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa bozor
munosabatlariga o‗tish davrida o‗ta yirik korxonalarni barpo etish hamma vaqt 
ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday vaziyatda xomashyo va
tayyor mahsulotni transportda tashish xarajatlari ko‗payadi, ishchi kuchi 
yetishmaydi va eng muhimi, ekologik muvozanat buziladi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling