«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet181/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

191 
―hududiy ixtisoslashuv‖, ―iqtisodiy rayon‖ iqtisodiy geografiyaning o‗zak 

tushunchalar hisoblanadi.


Kooperatsiya, pirovard natijada, muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli 
korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli
bo‗lmasligi mumkin. Shu bilan birga, kooperatsiyada hududiy birlik, barcha 
ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o‗rinlashuvi uncha sezilmaydi va,
aksincha, ularning tarqoq ko‗rinishda joylashuvi kuzatiladi. 
Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning murakkabligiga bog‗liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog‗i 
yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko‗p ehtiyot qismlar,
detallar kerak. Shu bois, bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan 
korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvada yengil avtomobil yoki Lixachev
nomli zavod, Tolyattidagi Volga avtomobil zavodi (Jiguli) va shunga o‗xshash 
birlashmalar 200 va undan ortiq korxonalar bilan hamkorlik qiladi. O‗zimizning
Asakadagi ―GM Uzbekistan‖ avtokorxonasi ham respublikamiz va boshqa 
mamlakatlardagi (asosan, Janubiy Koreya) korxonalar bilan aloqa bog‗lagan.
Modomiki, asosiy yakunlovchi yoki yig‗uvchi bosh korxona ko‗p joydan 
asbob-uskunalar, detall va jihozlar olar ekan, u transport-geografik jihatdan qulay
nuqtada joylashishi zarur. 
Kombinatsiya, kombinatlash kooperatsiyaga o‗xshab korxonalar bir-
lashmasidan iborat. Ammo bu yerda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki 
ularning hududiy umumiyligi tushuniladi. Shu sababali kombinatsiyada,
kooperatsiyadan farqli o‗laroq, ko‗proq hududiylik, majmua namoyon bo‗ladi. Bu 
ikki, yuzaki qaraganda bir-biriga o‗xshash tushuncha o‗rtasida boshqa farqlar ham
bor. Kooperatsiyada natija, maqsad, pirovard mahsulot bir bo‗lsa, kombinatsiyada 
aksincha, ya‘ni xomashyo bir bo‗lib, undan olinadigan mahsulot turli xildir.
Demak, kombinatlashuv ma‘lum bir turdagi xomashyoni chuqur texnologik qayta 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling