«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet180/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

190 
Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuvga o‗xshash o‗zining chegarasi 

bo‗lishi lozim; o‗ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka, yo‗l xarajatlarining


ko‗payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo‗lsa, haddan 
tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham shuncha xatarlidir. Afsuski, yaqin
o‗tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi ―yirik‖, ―eng katta‖, 
―yagona‖ kabi tushunchalar bilan ifodalanar, ―birinchi‖ bo‗lish esa ko‗p hollarda
qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan 
noto‗g‗ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuvsiz shahar, tuman,
viloyat, iqtisodiy rayon, respublikalarni, qolaversa, jamiyat va kishilarning o‗zini 
ham rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoq bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki 
ikkilamchi sohalar ham hech bo‗lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan
bo‗lishi lozim. Bu yerda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning tanasiga, daryoga, 
qo‗shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shox va shoxchalariga, daryoning
irmoqlariga o‗xshatish o‗rinli. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, tanasiz shox ham bo‗lmaydi, 
shoxsiz daraxt esa – bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini
shakllantirmaydi. 
Demak, ixtisoslashuv kompleks, har tomonlama rivojlanish bilan
uyg‗unlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo‗l qo‗yilgan xatolar oqibatini hozirgi 
kunda
sezib

turibmiz.


Bu

kamchiliklar,


ayniqsa, 
sobiq
ittifoqdosh 

respublikalarning o‗zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o‗z aksini topmoqda. Shu


sababli e‘tibor ko‗proq har bir respublikaning mumkin qadar atroflicha 
rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot respublikani jahon
hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq qildiruvchi, uning o‗rnini belgilab 
beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni takomillashtirish orqali amalga oshirilishi
maqsadga muvofiqdir. Chunki, ixtisoslashuv har bir joyning kimligi yoki 
nimaligini, bir joyning ikkinchi joydan farqini anglatadi va, binobarin, u, ya‘ni






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling