IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
205
Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat
taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi – birinchidan, eksport qilinayotgan
tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan,
arzonroq bo‗lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan
holda ichki xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Xullas, XX-XXI asrlar bo‗sag‗asida jahonda misli ko‗rilmagan iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy jarayonlar ro‗y bergan bo‗lib, ular albatta, xalqaro mehnat
taqsimotining rivojlanishiga o‗zining sezilarli ta‘sirini ko‗rsatgan.
Xalqaro mehnat taqsimoti uch asosiy tiplar bo‗yicha amalga oshirilishi
mumkin va bular ishlab chiqarish kuchlari tegishli rivojlanish bosqichlarini aks
ettiradi: umumiy, xususiy va yakka tartibda.
Umumiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti, ya‘ni ishlab chiqarish sohalari
bo‗yicha (qazib olish, qayta ishlash, sanoat, qishloq xo‗jaligi) ko‗proq xo‗jalikni
ekstensiv rivojlanish davriga xos va eng avvalo, tabiiy, ishlab chiqarishning tabiiy
geografik sharoitlari bilan bog‗liq. Xususiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti
ma‘lum sohalar, ularning tarmoqlari va ishlab chiqarish turlarida xalqaro
ixtisoslashuvni taqozo etadi. Bunda almashuvning internatsionallashuvi paydo
bo‗ladi va kengayadi, savdo o‗sishi tezlashadi.
Yakka tartibdagi xalqaro mehnat taqsimoti alohida operatsiyalar (detallar,
uzellar, agregatlar) va texnologik stadiyalarga ixtisoslashuvni taqozo qiladi. Bu
sharoitda bozor hajmi o‗sadi. Jahon savdosi o‗zish sur‘atida rivojlanadi (ishlab
chiqarishga taqqoslanganda). Shuning uchun ham xalqaro savdoda komplektlovchi
kooperatsiya tartibida, shu jumladan, transmilliy korporatsiya doirasida (TMK) 1/2
dan ko‗proq mahsulot tovar almashinuvi qayta ishlash sanoatiga to‗g‗ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |