«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Iqtisodiy rayonlashtirish


Download 1.44 Mb.
bet195/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

Iqtisodiy rayonlashtirish
– ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni 
takomillashtirish va hududiy rejalashtirish asosi sifatida mamlakatlarning hududiy-
iqtisodiy majmuasini ifodalaydi. Iqtisodiy rayonlashtirish uzoq tarixga ega. 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

206 
Iqtisodiy rayonlashtirish asosida hududiy mehnat taqsimoti yotadi. Ana shu mehnat 

taqsimoti orqali mamlakatlarning ayrim qismlari, ya‘ni tabiiy-iqtisodiy jihatdan


yaxlit hududlari ishlab chiqarish-ning bir yoki bir nechta iqtisodiy samarali bo‗lgan 
tarmoqlariga ixtisoslashadilar. Natijada, rayon darajasidagi va rayonlararo aloqalar
amalga oshadi. Mamlakat bu iqtisodiy rayonlar tizimi bo‗lib, o‗z navbatida, 
iqtisodiy mintaqalarga, iqtisodiy kichik rayonlarga bo‗linadi. Iqtisodiy rayonlar
bir-biridan ishlab chiqarish sharoitlari bilan farqlanadi. Bunday sharoitlar:
a) iqtisodiy rivojlanish darajasi;
b) mehnat resurslarining shakllanish xususiyatlari; 
v) ishlab chiqarish tizimining ixtisoslashuvi va konsentratsiyasi;
g) transport turining shakllanishi; 
d) ishlab chiqarishning tabiiy omillari;
e)

tabiiy-tarixiy


xususiyatlari 
bilan
belgilanadi 

(N.T.Agafonov,


A.T.Chistabayev va boshqalar). 
Iqtisodiy jihatdan qulay rayonlarda yirik ishlab chiqarish turlari – elektro
energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati 
majmualarini, ixtisoslashgan qishloq xo‗jaligini joylashtirish butun mamlakat
xo‗jalik majmuasi uchun yuqori iqtisodiy samara beradi. Ayni vaqtda, iqtisodiy 
rayonlarda samarali ishlab chiqarish tizimining shakllanishi mavjud tabiiy sharoit
va tabiiy resurslardan majmuali foydalanish, sanoat tarmoqlarining o‗zaro 
uyg‗unlashgan holda rivojlanishini ta‘minlash va sanoat majmualari, agrosanoat
ishlab chiqarishi va infrastruktura tarmoqlarini barqaror rivojlanishi hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolar yechimlarini hal qilishi bilan chambarchas
bog‗liqdir. Shuningdek, iqtisodiy rayonlarni siyosiy-ma‘muriy bo‗linishlari 
doirasida ajratish ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga va samarali ishlab
chiqarish tizimini shakllanishiga to‗sqinlik qiladi. Chunki, yaxlit tabiiy-iqtisodiy 
hududlarda tabiiy resurslarni turli siyosiy-ma‘muriy birliklar doirasida bo‗linib






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling