«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat taqsimoti
- Hududiy mehnat taqsimoti
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 202
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
201 12-BOB. GEOGRAFIK JARAYONLAR. AHOLI MIGRATSIYASI VA GLOBALIZATSIYA Reja: 12.1. Geografik mehnat taqsimoti. 12.2. Iqtisodiy rayonlashtirish. 12.3. Aholi migratsiyasi. 12.4. Globallashuv jarayoni va uning natijalari. Mehnat taqsimoti – bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib chiqadi. Hududiy mehnat taqsimoti jamiyat taraqqiyotida mehnat faoliyatining sifat jihatidan tabaqalanish jarayonini ifodalaydi va ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Mehnat taqsimoti mohiyatiga ko‗ra ikkiga bo‗linadi, ya‘ni: a) butun jamiyat miqyosida; b) ishlab chiqarishni tashkil etishning turli shakllaridagi ichki mehnat taqsimotidir. Mehnat taqsimotining bu ikki turi o‗zaro aloqadorlikda bo‗lib, bir-biri bilan chambarchas bog‗langan. Hududiy mehnat taqsimoti – ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishning asosidir. Ayni vaqtda, hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy rayonlarining shakllanishi bilan bog‗liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. Shuning uchun ham hududiy mehnat taqsimoti rayonlarning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas bog‗liq, xo‗jalik iktisoslashuvining samarali yo‗nalishlarini ifodalaydi. Bunday xo‗jalik ixtisoslashuvi huddudagi eng qulay va samarali bo‗lgan alohida mahsulotlarni yetishtirishga (dehqonchilikda- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 202 bog‗dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik kabi mahsulotlar yoki chorvachilikda – sut, go‗sht, jun, tuxum, parranda go‗shti yetishtirish, sanoatda – metallurgiya, mashi-nasozlik, kimyo, engil va oziq-ovqat tarmoqlari mahsulotlari yetkazib berish va kurort xo‗jaligi va boshqalar) hatto ana shu mahsulotlarning bir turi yoki qishloq xo‗jalik ekinlarining bir navini, ma‘lum detalni yoki uning bir qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashuv bilan bog‗liqdir. Ana shunday xo‗jalik ixtisoslashuvi alohida shakllanadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar – geografik mehnat taqsimoti yoki uning sinonimi hududiy mehnat taqsimoti deb yuritiladi. Hududiy mehnat taqsimoti juda murakkab tushuncha bo‗lib, xo‗jalik jihatidan turlicha ixtisoslashuv darajasidagi hududlar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar tizimini ifodalaydi. Bunday iqtisodiy aloqalar rayon, mamlakat, jahon miqyosida mineral xomashyo, xilma-xil tovarlar almashuvidan iborat o‗zaro foydali bo‗lgan jarayondir. N.N.Baranskiy ―hududiy mehnat taqsimoti‖ tushunchasini ―juda muhim tushuncha, to‗g‗rirog‗i, tarmoqlarni ham, iqtisodiy rayonlarni ham o‗zaro bog‗lab turuvchi tushunchalar tizimi‖ dan iborat deb hisoblaydi. Hududiy mehnat taqsimotining moddiy elementlari rayonlar va mamlakatlar, shaharlar va shahar aglomeratsiyalari, sanoatlashgan mintaqa, markaz, tugun va rayon, qishloq xo‗jalik mintaqalari va rayonlari, ishlab chiqarishni tashkil etishning xilma-xil shakllari, sihat-salomatlik va dam olish majmualaridan iborat. Hududiy mehnat taqsimoti mohiyatiga ko‗ra – jamiyat miqyosida tarmoq va tarmoqlararo hamda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridagi (ichidagi) mehnat taqsimotiga bo‗linadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarish kuchlarining ―vaqt‖ mobaynidagi taraqqiyot bosqichlarini ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyotining muayyani bosqichida (neolit davrida) chorvachilikdan dehqonchilikning ajralib chiqishi, keyinroq hunarmandchilikning ajralib chiqishi bilan mehnat taqsimoti ijtimoiylashib, sifat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling