«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet198/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

209 
taraqqiyot darajasida hamda aholining tabiiy o‗sish sur‘atlarida anchagina 

tavofutlar mavjud bo‗lgan chog‗da ro‗y beradi. AQSh, Kanada, Avstraliya kabi


yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar, G‗arbiy Yevropa mamlakatlarning 
ko‗pchiligi, shuningdek, neftdan katta daromad olib, iqtisodiyoti tez
rivojlanayotgan mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt, BAA va 
boshq.) immigratsiyalash geografik markazlari hisoblanadi.
U bir davlatning mintaqalari o‗rtasida ro‗y beradigan ishchi kuchi 
migratsiyasi va bir necha mamlakatni qamrab oladigan tashqi migratsiyadan iborat.
Xalqaro migratsiya muammolarini o‗rganishda duch kelinadigan asosiy 
tushunchalar quyidagilar:
- ishchi kuchi migratsiyasi mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan 
ikkinchi bir davlatga, bir yildan ko‗proq muddat bilan ko‗chib o‗tishi, buning
iqtisodiy va boshqa sabablari bo‗lishi mumkin; 
- immigratsiya – mehnatga layoqatli aholining biron-bir mamlakatga chetdan
kirib kelishi; 
- emigratsiya – mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi bir
davlatga chiqib ketishi; 
- migratsiya saldosi – mamlakatda bo‗ladigan immigratsiya va emmigratsiya
o‗rtasidagi farq; 
- aqliy talafot – yuqori malakali kadrlarning xalqaro migratsiyasi;
- reemigratsiya – emmigrantlarning turg‗un turish uchun o‗z vataniga qaytib 
kelishi;
- tashqi migratsiya – aholining ikki davlat o‗rtasida ko‗chib yurishi; 
- ichki migratsiya – aholining bir davlat doirasida bir joydan ikkinchi joyga
ko‗chib yurishi; 
- mavsumiy migratsiya – mavsumiy ishlar bilan bog‗liq migratsiya-dir.





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

210 
Tashqi migratsiyaning asosiy sabablari iqtisodiy qiyinchilik, siyosiy 

beqarorlik, milliy-diniy nizo va urushlardir. Ichki migratsiyaning sabablari ham


shunga o‗xshab ketadi va quyidagilardan iborat: iqtisodiy qiyinchilik, mavsumiy 
ish, milliy nizolar, urushlar va boshqalar.
Aholining bir davlatdan ikkinchi bir davlatga va bir davlatning ichida bir 
joydan ikkinchi bir joyga ko‗chib yurishini boshqarish migratsiya oqimi deb
ataladi. Migratsiya oqimi mamlakat yoki rayonlar aholisining soniga sezilarli ta‘sir 
etishi mumkin. Insoniyat tarixi davomida juda ko‗p ommaviy tashqi va ichki
migratsiyalar sodir bo‗lgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin asosiy 
migratsiya oqimi Amerika, Avstraliya va boshqa yangi kashf qilingan yerlar tomon
bo‗lgan. Ommaviy ichki migratsiya davlat dasturi asosida amalga oshiriladi 
Masalan, Mirzacho‗l yoki Qozog‗iston qo‗riq yerlarining o‗zlashtirilishi va h.k.
Xalqaro migratsiyaning faollashuvi 60-yillarning oxirida iqtisodiy rivojlanish 
bilan bog‗liq bo‘ldi. Natijada, asosan, shunday xulosaga keldiki, ishchi kuchining
xalqaro harakati ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida iqtisodiy rivojlanish 
sur‘atiga ta‘sir qiladi, bu harakatning sababi esa turli mamlakatlarda, mehnatga haq
to‗lash darajasi turlicha ekanligidan iborat. Har bir kishi o‗z mehnatining eng 
so‗nggi samarasini oladi va iste‘mol qiladi degan aqidaga asoslanuvchi neoklassik
nazariya tarafdorlarining emmigrant qabul qiluvchi mamlakat farovonligini 
oshirishga xizmat qiladi, ayni bir paytda, emmigratsiyaning asl vatani bo‗lgan
davlatda iqtisodiy rivojlanish saqlanib qoladi yoki hech bo‗lmasa pasaymaydi.
Neoklassika tarafdorlari ishchi kuchini, ayniqsa, yuqori malakali xodimlarni
eksport qiluvchi mamlakatda migratsiya muhimligini e‘tirof etishadi. Shu 
munosabat bilan ―aqliy talafot‖ga soliq solish va undan kela-digan daromadni
BMT ixtiyoriga o‗tkazib, ulardan rivojlanish maqsadlarida foydalanish g‗oyasi 
keng muhokama etildi. Keyingi yillarda jamlashishga mamlakat iqtisodiy
rivojlanishning muhim omili sifatida qarash ustun kela boshladi. Jamlangan inson 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling