«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet200/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

212 


Nazorat savollari va topshiriqlar: 
1.

Hududiy mehnat taqsimoti – ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning 


ilmiy asosi ekanligini tushuntirib bering.


2.

Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashishiga ta‘sir etuvchi


omillarga tavsif bering. 
3.

Samarali ishlab chiqarish jarayoni deganda, nimalarni tushinasiz. 


4.
Mintaqaviy rejalashtirish va mintaqaviy bashoratlashga tavsif bering. 


5.
Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga ta‘sir etuvchi tabiiy omillarga tavsif 


bering.
6.


Iqtisodiy rayonlashtirish deganda nimani tushunasiz?


7.

Migratsiya turlarini sanab bering?


8.

Migratsiyaga ta‘sir etuvchi omillar qaysi?


9.

―Aqliy talafot‖ nima?




13-BOB. URBANIZATSIYA 
Reja:

13.1. Shaharlar geografiyasi Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng faol va


yetakchi tarmog‗i ekanligi. 
13.2. Urbanizatsiya va uni geografik o‗rganish.
13.3. Shaharlar va shahar aglomeratsiyalari. 
13.4. Shaharlarning funksiyalari.
13.5. Megapolislarning vujudga kelishi. 
Geourbanistika yoxud shaharlar geografiyasi aholi va aholi manzilgohlari, 

umuman, iqtisodiy va sotsial geografiyaning eng rivojlangan yo‗nalishidir.


Shaharlar boshqa iqtisodiy geografik obyektlarga qaraganda o‗zining yaxlit, darhol 
ko‗zga tashlanib turishi bilan farqlanadi. Buning sababi – ularning ishlab





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

213 
chiqarishni, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni hududda, geografik kartada o‗ziga xos 

tasvirlashidir.


Ma‘lumki, iqtisodiy kartalarda, asosan, uch hududiy shakl ko‗rsatiladi: 
chiziqlar yo‗llarga mos kelsa, areal yoki maydonlar qishloq xo‗jalik sohalariga,
nuqta va tugunlar (tugunchalar) esa sanoat markazlari, shaharlarni aks ettiradi. 
Binobarin, aytish mumkinki, iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy tadqiqot
obyekti ana shu uchlik, hududiy yoki geografik geometriya hisoblanadi va ularni 
tahlil etish bu fanning tub masalasidir.
Shaharlar geografiyasining iqtisodiy va sotsial geografiya fani doirasidagi 
bunday yutug‗ining boisi nima? Avvalambor, ta‘kidlash lozimki, shaharlar
hududiy birlikdir, ikkinchidan, ular murakkab sotsial-iqtisodiy kategoriya; 
uchinchidan, shaharlarda atrof-muhit, mazkur hududning ijtimoiy-iqtisodiy
faoliyati misli oynada aksni topganidek, yaxlit mujassamlashadi; to‗rtinchidan, 
shaharlar har bir davlat, hudud, iqtisodiy va sotsial geografik tizimning tayanch
nuqtalari, ―ustunlari‖ bo‗lib xizmat qiladi. Shaharlar – bizning o‗tmishimiz, hozirgi 
kundagi qudratimiz va istiqbolda rivojlanish quvvati va imkoniyatimizdir. Ular
yerdagi chinakam porloq yulduzlardir.
Shaharlar juda murakkab mavjudot bo‗lib, serqirra vazifalarni bajaradi.
Siyosiy jihatdan olsak, har bir davlat o‗zining shaharlar to‗ri va, ayniqsa, poytaxti 
(dorulsaltanati) bilan kuchlidir. Bejiz emaski, har qanday urush-yurishlar
muvaffaqiyati va zafari dushmanning shahar va qal‘alarini zabt etishda, 
bo‗ysundirishda o‗z isbotini topgan. Demak, qadimda shaharlar butun yurtga,
mamlakatga, boylikka nisbat berilgan. Ularni turli mamlakat yoki ―iqlimlarda‖ 
turlicha atashgan: qubba, madinat, polis, bolig‗, bozor, taun, grad, pur, burg, vill va
hokazolar. Bundan ko‗rinib turibdiki, shaharlar davlatlarning siyosiy hayotida, 
ularning jahon hamjamiyatida, geosiyosiy tuzilmasida muhim rol o‗ynaydi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling