«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
215 shaharlarni iqtisodiy geografik o‗rganish tartibi haqida ilmiy-uslubiy adabiyotlarda ko‗pgina taniqli olimlarning ko‗rsatmalari mavjud. Albatta, shaharlarni o‗rganish, avvalambor, ularning tarixi, kelib chiqishi, genetik xususiyatlarini tahlil qilishdan boshlanadi. Natijada, asosan, tarixiy manbalarga tayangan holda, o‗rganilayotgan shahar yoki shaharlarning nima uchun aynan shu joyda va o‗tmishning aynan shu bosqichida vujudga kelganligi yoritilib beriladi. Shaharlarni retrospektiv o‗rganish tarixiy tamoyilga binoan bajariladi: qo‗yilgan maqsad nuqtai nazaridan o‗tmish ma‘lum tarixiy davrlarga bo‗linadi va har bir davrning shahar (shaharlar) shakllanishi va rivojlanishiga bo‗lgan ta‘siri tadqiq etiladi. Ammo, bu yerda tarixning ―ikir-chikiriga‖ o‗tib ketilmaydi, geografiya tarix uchun emas, aksincha, tarix geografiyaga xizmat qilishi kerak. Mamlakatimiz shaharlarini o‗rganishda ularni bunyod etilganligidan boshlab, hozirgi kungacha bosib o‗tgan yo‗lidagi asosiy tarixiy, davriy voqealar qisqacha ko‗rib chiqiladi va ular mavjud borliqdan kelib chiqqan holda baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaharlarning tarixi vujudga kelgan va rivojlanib ketgan davr nuqtai nazaridangina emas (bu, asosan, tarixning vazifasi), balki ularning hozirgi vaqtdagi holatidan kelib chiqib ham tahlil qilinadi. Tarixiy geografiya uchun esa har bir hodisa o‗sha davrdan kelib chiqib tahlil etilishi va baholanishi lozim. Zero, Geraklit aytganidek, ―Ayni bir oqimga bir vaqtning o‗zida ikki marta tushib bo‗lmaydi‖. Chunki, ikkinchi marta kirganda oqim (suv) ham, unga tushuvchi ham ilgarisidek emas, o‗zgargan bo‗ladi. O‗rganilayotgan shahar yoki shaharlar tarixiga ko‗ra, ularning genetik turlari ajratiladi, ―yangi‖ va ―eski‖ shaharlar guruhi aniqlanadi. Endigi sharoitda ―yangi shaharlar‖ni sobiq sovetlar davrida vujudga kelganligi bilan asoslash noto‗g‗ri. Qolaversa, ―yangi shahar‖ tushunchasining o‗zi ham nisbiydir. Keng ma‘noda, yurtimizning yangi tarixiga muvofiq ―yangi shaharlar‖ deb ularni Turkiston Rossiya tomonidan zabt etib olingan davr (XIX asrning ikkinchi yarmi)dan so‗ng |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling