IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
223
Shaharlarning yoyilib ketishi, qimmatli qishloq xo‗jalik yerlari hisobidan
kengayishi ma‘lum darajagacha davom etib boraveradi. Keyinchalik shahar
hududining cheksiz kengayishi to‗xtab ―qoladi‖, u tog‗ yoki daryo, davlat
chegarasi yoki dengiz kabi to‗siqlarga duch keladi, shahar ichida esa uy-joy,
transport, ekologiya muammolari keskinlashadi.
Natijada, o‗ziga xos ―revolutsion vaziyat‖ vujudga keladi: yirik shahar muhiti,
uning fan-texnika, infrastruktura salohiyati o‗ziga yangi-yangi korxonalarni jalb
qiladi, biroq yuqoridagi qiyinchiliklar buni cheklab qo‗yadi. Ana shunday tartibda
yirik shaharga yaqin joyda uni to‗ldiruvchi, ixtisoslashgan shahar va shaharchalar
vujudga keladi. Bunday ―yo‗ldosh‖ shaharlarda markaziy shahar ehtiyojini
qondiruvchi yoki unga xizmat qiluvchi obyektlar o‗rnashadi. Shunday qilib, yirik
shahar o‗z rasmiy chegarasidan chiqadi, miqdor o‗zgarishi sifat o‗zgarishiga o‗tadi,
hududiy mujassamlashuv o‗z shaklini o‗zgartiradi va shaharlarning hududiy
to‗plami paydo bo‗ladi.
Shahar aglomeratsiyasining shakllanishi uchun quyidagi shart-sharoitlar
zarur:
– albatta bir yoki ikki yirik shahar bo‗lishi kerak;
– uning atrofida kamida ikkita shahar va shaharchalar bo‗lishi shart;
– markaziy shahar (aglomeratsiya yadrosi) va yo‗ldosh manzilgohlar
orasidagi masofa eng ko‗pi ikki soatlik vaqt doirasida bo‗lishi kerak;
– aglomeratsiya shahar va shaharchalari o‗rtasida ―aholi‖ aloqasi bo‗ladi,
mayatniksimon (tebranma) migratsiya rivojlangan bo‗lishi shart;
– yo‗ldosh shaharlarda eng kami aglomeratsiya aholisining 10 foizi
joylashgan bo‗lishi zarur va h.k.
Ko‗rinib turibdiki, aglomeratsiyalar har qanday sharoitda ham vujudga
kelavermaydi; juda ko‗p shaharlar bo‗lsa-yu, ular orasida aglomeratsiya tashkil
qiluvchi markaz bo‗lmasa, yoki aksincha, yirik shahar bir o‗zi bo‗lsa, bunday
Do'stlaringiz bilan baham: |