«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet207/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

220 
tutgan o‗rni, qiyofasini ko‗rsatib turadi. Shaharlar ham turli sohalarga 

ixtisoslashadi, ya‘ni ularning o‗ziga xos va mos ―kasbi‖, vazifasi va yo‗nalishi


mavjud. Bu jihatdan shaharlar sanoat, transport, ilm-u fan, dam olish markazlari 
bo‗lishi mumkin.
Shaharlarning qaysi sohaga ixtisoslashuvi, ularning bajaradigan vazifasini 
aniqlash funksional tipologiya doirasida amalga oshiriladi. Bunda bosh mezon
qilib shahar aholisining bandlik tarkibi olinadi, ya‘ni qaysi sohada mehnat 
resurslari ko‗proq (mamlakat shahar joylari bo‗yicha o‗rtacha ko‗rsatkichdan
yuqori) bo‗lsa, o‗sha yo‗nalish mazkur shaharning funksional tipini ifodalab 
beradi. Odatda, shaharlar quyidagi funksional tiplarga bo‗linadi:

Ko‗p funksiyali siyosiy-ma‘muriy markazlar, poytaxt shaharlar.



Ko‗p funksiyali shaharlar – viloyat markazlari.



Ko‗p tarmoqli yirik sanoat markazlari.



Asosan, bir yoki ikki sanoat tarmog‗iga ixtisoslashgan shaharlar.



Transport markazlari.



Agroindustrial shaharlar.



Tuman markazlari.



Rekreatsiya shaharlari.



Ilm-u fan markazlari, universitet shaharlari va h.k.


Yuqoridagi funksional tiplar shaharlarning katta-kichikligiga qarab ham 
turlanadi. Bu holda shaharlarning funksional klassifikatsiyasi vujudga keladi.
O‗zbekistonda birinchi va ikkinchi guruh shaharlarga Toshkent hamda barcha 
viloyat markazlari kiradi. Ular, ayni paytda, ko‗p tarmoqli sanoat markazlari ham
hisoblanadi. Uchinchi tipga, asosan, Chirchiq, Olmaliq, Qo‗qon kabi shaharlar 
mansub, to‗rtinchi guruhga Marg‗ilon, Angren, Ohangaron, Muborak, Gazli,
Zarafshon, Taxiatosh, Asaka, Uchqo‗rg‗on, Quvasoy kabi shaharlarni kiritish 
mumkin.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling