«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
219 qo‗llab-quvvatlansa, yirik sanoat korxonalari ham quriladi. Ammo barcha kichik shaharlarni bunday rivojlantirish mumkin emas: vaqt ham, kapital mablag‗, sarmoya ham yetishmaydi. Binobarin, kichik shaharlarning ayrimlarigina tanlab olinadi va ular o‗sish qutbi hamda markazi sifatida rivojlantiriladi. Bunday shaharlarni ajratib olish esa, ularning ko‗p omilli tahlil etilishi va baholanishi (iqtisodiy geografik o‗rni, mehnat va xomashyo resurslari, ekologik holati, transport va boshqa infrastrukturasi, funksiyasi, katta-kichikligi va h.k.) asosida amalga oshiriladi. Shaharlarni iqtisodiy geografik o‗rganishda, ularning transport funksiyasiga ham alohida e‘tibor beriladi. Shahar va transport yo‗llari o‗zaro chambarchas bog‗liq: biri ikkinchisisiz bo‗lmaydi, yo‗llar shaharlarga keladi, shaharlardan yo‗llar ketadi. Xullas, shaharlar va yo‗llar bu mamlakatning iqtisodiy asosi, ―qovurg‗asi‖ hisoblanadi. Shuningdek, shaharlarning sotsial funksiyalari, fan va ta‘lim tizimi, madaniyati, aholiga xizmat ko‗rsatish sohalari, ekologik vaziyati, aholisining o‗sishi kabi masalalar ham o‗rganiladi. Shu o‗rinda poytaxt shaharlarni alohida ta‘kidlash joiz. Chunki har qanday mamlakatning jahon hamjamiyatidagi mavqei, xalqaro va diplomatik aloqalar, siyosiy hayoti, eng avvalo, uning poytaxti bilan bog‗liq. Boshqacha qilib aytganda, olamshumul va umumbashariy muammolar xususida rasmiy so‗z yuritilganda, odatda, davlatlarning poytaxti nomidan gapiriladi. Shu bois, poytaxt shaharlarning ―yuki‖, mas‘uliyati nihoyatda vazmin: ular, bir tomondan, mamlakatni hududiy-siyosiy jihatdan tashkil qilish, boshqarish vazifasini ado etsa, ikkinchi tomondan, bunday markazlar davlatni jahon miqyosiga munosib ravishda olib chiqishlari kerak. Aynan ana shu ma‘noda har qanday davlat o‗z taqdirini poytaxtiga topshiradi. Ko‗pchilik hollarda shaharlarning genetik tiplari ularning nima bilan shug‗ullanishini ham belgilab beradi. Bu esa ularning hududiy mehnat taqsimotida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling