«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet212/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

225 
Agar shahar va shaharchalar, o‗zaro hududiy tutashib, qo‗shilib ketsa, u holda 

yaxlit – ulkan shahar vujudga keladiki, ular



konurbatsiya
deyiladi (London, Rur 
havzasi konurbatsiyasi va h.k.). Biroq, konurbatsiya ham aglomeratsiyalarning bir
shakli, ko‗rinishi bo‗lsa-da, har qanday aglomeratsiya ham konurbatsiya emas.
Shaharlar
hududiy

birlashmasining


yana

bir
murakkab 


shakli

megalopolis
lardir (ushbu tushunchani fanga amerikalik olim Jan Gottman 50-
yillarda kiritgan). Megalapolislar aglomeratsiyalarning o‗zaro qo‗shilib ketishi
natijasida vujudga keladi. Masalan, Bosvash (Boston-Vashington), Chigpits 
(Chikago-Pitsburg), Tokio-Iokogama va boshqa megalopolislar mavjud.
O‗zimizning Farg‗ona vodiysida ham aholi joylashuvining o‗ziga xos shakli 
vujudga kelgan, uni yirik shaharlarning bosh harfi bilan FANO‗X (Farg‗ona-
Andijon-Namangan-O‗sh-Xo‗jand) megapolisi deb atash mumkin. Umuman esa
megalopolis yoki megapolis ulkan shahar (megakatta, yirik) ma‘nosini bildiradi.
Grek arxitektori Doksiadis hatto oykumenapolis haqida ham fikr bildirgan (bu 
butun dunyo shaharlarining yagona tizimidir). Daryolarning quyi qismida
joylashgan shaharlar birikmasini biz deltapolis deyishimiz mumkin. 
Urbanizatsiyaga AQShlik olima Christion Sawyer quyidagicha ta‘rif bergan:
1.

Urbanizatsiya – shahar landshaftlari va shahar turmush tarzining o‗sishi va


yoyilishidir. 
2.

Hamma shahar ham klassifikatsiya qilishga kerakli odamlarning soniga 


mos kelavermasligi sababli shaharni aniqlash va tasniflash qiyin bo‗ladi


(shaharshunos olimlar shaharlarga beradigan ta‘rifga yondashuv turlicha).
3.

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar yuqori urbanizatsiyalashgan holda


rivojlanayotgan mamlakatlarda shaharda yashovchilarning soni va ulushi yaqin


yillarda ancha o‗sgan. 
4.

Rivojlanayotgan mamlakatlardagi ko‗plab shaharsozlik idoralari bunday 


―portlovchi‖ urbanizatsiya jarayonini nazorat qilishga harakat qilishmoqda.








Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling