«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet220/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

235 
Aholi geografiyasining yana bir muhim tushunchasi – aholining funksional 

guruhlarga bo‗linishi. Aholi uchta funksional guruhlarga bo‗linadi:


1. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilar (sanoat, qishloq xo‗jaligi 
va transport).
2. Xizmat doirasi sohasida ishlovchilar (savdo, maorif, sog‗liqni saqlash, 
kommunal xo‗jalik, shahar transporti xodimlari).
3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar (bolalar, uy bekalari, 
qariyalar).
Bundan tashqari aholining migratsiyasi bilan ham bog‗liq bo‗lgan bir qancha 
qonuniyatlar bor.
Aholi geografiyasi quyidagi yo‗nalishlarga bo‗linadi: 
1. Aholi tarkibi va uning takror barpo qilinishidagi geografik farqlar va bu
farqlarning sababini o‗rganish. 
2. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni o‗rganish.
3. Aholining hududiy taqsimlanishi va ularning harakatini o‗rganish. 
4. Aholi punktlari va ularning hududiy tizimini o‗rganish.
5. Aholining madaniyati va turmush sharoitidagi farqlar va ularning sababini 
o‗rganish.
6. Tarixiy aholi geografiyasi. O‗tgan tarixiy davrlardagi aholi geografiyasini 
o‗rganish.
7. Aholini kartaga tushirish. 
Aholi geografiyasining o‗z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan, bevosita
bog‗liq holda tadqiqot olib boradigan fanlarni ikki guruhga bo‗lish mumkin: 
1. Geografiya fanlari tizimi. Aholi geografiyasi xo‗jalik tarmoqlarini
joylashtirish qonuniyatlarini ishlab chiqishda bevosita tabiiy geografiya bilan, 
aholi salomatligi ishlab chiqarish kuchlarining to‗g‗ri joylashtirishda, aholi tibbiy
xizmatini tashkil etishda tibbiyot geografiyasi bilan, shuningdek, xizmat doirasi 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

236 
geografiyasi, turizm geografiyasi, iste‘mol geografiyasi, tarixiy geografiya va 

kartografiya yo‗nalishlari bilan uzviy aloqada rivojlanadi.


2. Demografiya va etnografiya. Bu fanlar aholi geografiyasi bilan 
chambarchas va har tomonlama bog‗liq bo‗lgan fanlar hisoblanadi. Chunki bu
fanlar ham bevosita aholi geografiyasi singari aholini o‗rganadi. Lekin, ushbu 
fanlar aholini o‗z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda o‗rganadi. Masalan,
demografiya aholining soni, takror barpo bo‗lish qonuniyatlari va omillarini 
o‗rgansa, etnografiya xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va
madaniy-tarixiy aloqalarini o‗rganadi. Shunday qilib, aholi geografiyasi va 
demografiya hamkorlikda hal etilishi mumkin bo‗lgan muammolarni demografiya
o‗rganadi. Xalqlarning geografik tarqalishini esa etnografiya o‗rganadi. 
Antropologiya
kishi

organizmining


evolutsiyasi 
va
undagi

jismoniy


o‗zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek, irqlarning vujudga kelishi va 
geografiyasi, aholi mehnat faoliyati, turmush sharoiti va madaniyatining hududiy
xususiyatlarni o‗rganadi. 
Aholi geografiyasi aholi migratsiyasi, tabiiy o‗sishi, talab va ehtiyojlarini
aniqlashda sotsiologiyaga murojaat etsa, mehnat resurslari, ularning joylashish 
xususiyatlarini o‗rganishda esa iqtisod fani bilan bog‗lanadi.
Aholini dastlabki ro‗yxatga olish, qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopatamiya, 
Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‗tkazilgan. Lekin bu aholi ro‗yxatlarini
o‗tkazishdan maqsad aholidan soliq yig‗ish, ya‘ni boj olish hamda harbiy yurishlar 
uchun erkaklar sonini aniqlash bo‗lgan. Shuning uchun ham f

aqat erkaklar 

ro‗yxatga olingan
. Chunki u paytlarda oilada, jamiyatda erkakning iqtisodiy o‗rni 
yuqori bo‗lgan va soliq to‗lashda faqat erkaklar qatnashgan, xolos.
Eng qadimgi aholi ro‗yxatlari (senzi) eramizdan oldingi VI asrda qadimgi 
Rimda imperator Servi davrida o‗tkazilgan. Bu aholi ro‗yxatlari 510 yillardan






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling