«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Aholining takror barpo bo„lishi
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
Aholining takror barpo bo„lishi.
Insoniyat taraqqiyoti davomida hamisha avlodlar almashinuvi jarayoni davom etib kelgan. Har yili qandaydir sabablarga IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 239 ko‗ra vafot etgan aholi o‗rnining dunyoga yangi kelgan avlod hisobiga to‗ldirib borilishi aholining takror barpo qilinishi deyiladi. Tug‗ilganlar soni o‗lganlar sonidan ortiq bo‗lgandagina aholi soni oshib, ko‗payib boradi. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir. Aholini takror barpo bo‗lishi, asosan, ikki demografik jarayonlar – tug‗ilish va o‗limga bog‗liqdir. Tug‗ilish – biologik jarayon. Lekin, u ijtimoiy-iqtisodiy muhit ta‘sirida o‗zgarib boradi. Ma‘lumki, insoniyat o‗z tarixiy taraqqiyoti davomida bir nechta ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib o‗tgan va tug‗ilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil bo‗lavermagan. Kapitalistik tuzumgacha mavjud bo‗lgan davrlarda tug‗ilish biologik xarakterga ega bo‗lgan, ya‘ni cheklanmagan. Avvalo, shuni aytib o‗tish kerakki, quldorlik tuzumi davrida ham, feodalizmda ham ko‗p bolalilikdan har bir oila va shu bilan birga jamiyat ham manfaatdor edi. Nega shunday? Chunki oilada bolaning iqtisodiy roli juda katta edi. Ko‗pgina mamlakatlarda oila yumushlarida, hunarmandchilikda, dehqonchilikda va chorvachilikda bolalar mehnatidan foydalanilgan. Oiladagi iqtisodiy daromadning bir qismi bevosita bolalar mehnati orqali hosil qilingan. Demak, bola mehnati milliy daromadning ma‘lum ulushini tashkil etgani sababli, u jamiyat tomonidan ham qo‗llab-quvvatlangan. Hatto, ba‘zi davlatlarda, masalan, Rossiyada dehqonlarga ishlash uchun beriladigan yer ham bolalar soniga qarab taqsimlangan. Bunday sharoitda o‗z-o‗zidan ko‗rinib turibdiki, har bir oila bolalar sonini ko‗paytirishdan manfaatdor bo‗lgan. Kapitalistik ishlab chiqarish usulining vujudga kelishi bilan sanoat tez rivojlana boshladi, yangi-yangi shaharlar paydo bo‗ldi. Ko‗pchilik aholi ish qidirib qishloqdan shaharlarga ko‗chib kela boshladi. Shahar aholisining o‗sib borishi natijasida, bir tomondan, shaharlarda turar joy, oziq-ovqat muammolari kelib chiqqan bo‗lsa, ikkinchi tamondan, fan-texnika taraqqiy etib, ishsizlik vujudga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling