«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet224/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

240 
keldi. Uchinchidan, kapitalistik ishlab chiqarishda ayollar va bolalar mehnatiga 

juda kam haq to‗lanar edi. Jamiyatda bunday o‗zgarishlar oilada bolalar sonini


cheklashga, tug‗ilishning qisqarishiga olib keldi. Ayniqsa, aholisining asosiy qismi 
shaharlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug‗ilish kamayib ketdi.
Yer yuzida tug‗ilishning kamayish jarayoni, asosan, XVIII asrning ikkinchi 
yarmida G‗arbiy Yevropa davlatlarida boshlanib, keyinchalik AQSh, Kanada,
Avstraliya va Yaponiyaga tarqaldi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan 
davlatlarda tug‗ilish tez kamaya boshladi. Agar bu davlatlarda XVIII asrning
ikkinchi yarmida har ming kishi hisobiga 38 ta bola tug‗ilgan bo‗lsa, oradan sal 
kam ikki yuz yil o‗tgach, ya‘ni XX asrning oxirgi choragida bu ko‗rsatkich 16 tani
tashkil etdi. Boshqacha qilib aytganda, ikki yuz yil davomida tug‗ilish 2 
barobardan ko‗proq qisqargan. Xuddi ana shu davrlar uchun rivojlanayotgan
davlatlardagi tug‗ilishni qiyoslaydigan bo‗lsak, boshqacha holatning guvohi 
bo‗lamiz. Ularda 1750-1800-yillarda har ming kishi hisobiga 41 tadan bola
tug‗ilgan bo‗lsa, 1970-1990-yillarda har 1000 kishi hisobiga tug‗ilgan bola 34 tani 
tashkil qilgan. Demak, rivojlanayotgan mamlakatlarda tug‗ilishning kamayishi
nisbatan sekin borgan. 
1970-1990-yillar davomida tug‗ilishning eng tez kamayishi Osiyoga tegishli.
Xitoyda oilada bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. 1970-yillardan 
boshlab aholi o‗rtasida tug‗ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar qo‗llana
boshladi. Natijada, Xitoyda tug‗ilish keskin kamaydi. BMT ma‘lumotlariga 
qaraganda, 1970-1974-yillarda Xitoyda har bir ayol o‗zining farzand ko‗rish
davrida o‗rtacha 4,8 va 1986-1990-yillarda esa 2,1 tadan farzand ko‗rgan. 
Hindistonda ham tug‗ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar
sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. Bu masala yuzasidan bir qancha 
tashkilotlar maxsus tadqiqot olib boradilar. Ular jumlasiga oilani rejalashtirish
uyushmasi, Hindiston tibbiyot uyushmasi, Hindiston Qizil yarim oy jamiyati kabi 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling