IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
244
Har bir odamning biologiyasidan kelib chiqadigan, irsiyat bilan bog‗liq
bo‗ladigan tug‗ma kasalliklar natijasida o‗lishi endogen sabablardir. Bunday o‗lim
juda kam bo‗ladi. Asosan, o‗limlar ko‗pchiligi ekzogen sabablarga ko‗ra sodir
bo‗ladi. Ekzogen sabablar kishi organlarida tashqi ta‘sir natijasida ro‗y beradi.
Tashqi ta‘sir deganda odamlar yashab turgan muhiti, ya‘ni tabiiy muhit, kishilar
mehnati tufayli yaratilgan sun‘iy muhit, sotsial muhit ko‗zda tutiladi.
Tabiiy muhit
– ayrim hayvonlar ba‘zi yuqumli kasalliklarni yuqtirishi,
masalan, pashsha bezgak kasalligini, tropik o‗rmonlardagi setse chivini uyqu
kasalligini keltirib chiqaradi.
Ammo o‗limlarning eng ko‗pi sun‘iy muhitdan kelib chiqadi. Inson o‗z
mehnati tufayli shunday sun‘iy muhitni vujudga keltirdiki, ular ta‘sirida bir qancha
xavfli yurak-qon tomir, asab sistemali xavfli yaralar, venerik kasalliklar ko‗payib
ketdi. Bularga asosiy sabab hozirgi zamon sanoati, urbanizatsiya, texnika
taraqqiyoti, avtomatlashtirish, xalq xo‗jaligini kimyolashtirish natijasida atrof-
muhitning buzilishi, havoning, oqar suvlarning ifloslanishi ro‗y berdi. Yurak-qon
tomir kasalliklari industrial jihatdan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda
rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda 6-8 marta ko‗proqdir. Bu kasalliklarni
to‗la tuzatib yuborishga tibbiyot hali qodir emas.
Atmosferani ifloslantirayotgan asosiy manbalarga transport, sanoat,
energetika va kommunal xo‗jaligi kabilar kiradi. Masalan, AQSh da atmosfera
ifloslanishining 60 foizi transportdan, 17 foizi sanoatdan; 14 foizi energetikadan; 9
foizi uylarni isitish uchun yoqilg‗i yoqishdan chiqqan gazlar hissasiga to‗g‗ri
keladi.
Avtomobillashishning yana bir salbiy tomoni avariyalardir. Yer sharida har
yili 55 million avtohalokat sodir bo‗lib, unda 300 mingdan ortiq kishi halok
bo‗ladi. Taxminiy hisoblarga ko‗ra, haydovchilarning har to‗qqistasidan bittasi
avtohalokatda halok bo‗ladi yoki og‗ir jarohatlanadi. Avtohalokatlardan halok
Do'stlaringiz bilan baham: |