«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet230/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

247 
Tug‗ilish darajasi o‗rtacha bo‗lgan joylarda aholi o‗zining mavjud sonini 

saqlab boradi. Ularda aholining keskin ko‗payib ketish va kamayib ketish hollari


kutilmaydi. Aholi taraqqiyoti muammolarini hal etish bir muncha yengil kechadi. 


Uchinchi guruh
esa tug‗ilish darajasi past bo‗lgan davlatlardir. Ularning soni 
32 ta. Shundan 24 tasi Yevrosiyoda, 5 tasi Amerikada va 3 tasi sobiq SSSRda
joylashgani holda iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlardir. Ushbu guruhga 
mansub davlatlar dunyo aholisining 36,0 foizini yoki uchdan bir qismini tashkil
etadi. Ularda aholi yiliga o‗rtacha 0,9 foizdan ko‗payib bormoqda. Oilalarning 
aksariyat qismida bitta va ikkitadan bola bor, xolos.
So‗nggi guruh davlatlarida istiqomat etuvchi oilalarda tug‗ilishning bunday 
kamayishb ketishi, birinchi navbatda, kapitalistik munosabatlar keng tarqalishi,
sanoat ishlab chiqarishi rivojlanib, shaharlar sonining o‗sishi va shahar turmush 
tarzining keng tarqalishi sabab bo‗ldi. Ayniqsa, aholisining asosiy qismi
shaharlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug‗ilish juda kamayib ketgan. 
Masalan, Angliyada 1850-yillarda aholining 50 foizi shaharlarda yashagan va shu
davrda har ming kishi hisobiga tug‗ilgan bolalarning soni o‗rtacha 32-33 tani 
tashkil qilgan. Yoki Germaniyani olib qaraylik. Bu mamlakatda aholining 90 foizi
shaharlarda istiqomat qiladi. Dunyodagi tug‗ilish eng kam davlat bo‗lib, har ming 
kishiga nisbatan tug‗ilgan bolalar 9-10 tani tashkil etadi. Ushbu guruh davlatlarida
hozirgi davrda tug‗ilish darajasining kamayib ketishiga olib kelgan navbatdagi 
omil ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, yollanma ishlarda nisbatan ko‗proq
qatnashishidir. Masalan, Kanadada 1931-yilda ijtimoiy ishlab chiqarishda band 
bo‗lgan ayollar aholining 17 foizini, 1980-1990-yillarda esa 40 foizini tashkil
etgan.

Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tug‗ilishning kamayishiga olib kelgan


omillardan yana biri oilalarning buzilishi, ya‘ni nikohdan chiqish hollarining 
nihoyatda ko‗pligidir. Hozirgi davrda AQShda har yili qayd etilgan nikohlarning






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling