IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
255
ma‘lumotiga ega. Ya‘ni hozir bilim darajasi jihatidan respublika haqli suratda
o‗qimishli mamlakatlar qatoriga kiradi.
Mehnat resurslarini sotsial tahlil etishda aholi sonining o‗sib borishi, uning
hududiy harakati, mehnat resurslarining sotsial-demografik tarkibini bilish muhim
vazifalardan hisoblanadi.
Mehnatga layoqatli aholi yoki ―mehnat resurslari‖ 2 murakkab sistemasi aholi
bilan ishlab chiqarishni bir butun qilib birlashtiradi. Mehnat resurslari – bu
jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi, ijtimoiy ishlab chiqarishning eng
muhim komponentdir.
Mehnat resurslarining soni, tadrijiy o‗zgarishi professional tayyorgarligi va
joylashishi butun mamlakat miqyosida va ayniqsa, regionlar doirasida ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi va hududiy tashkil etilishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Xalq xo‗jaligining muhim dasturlarini amalga oshirish zarurati esa kadrlar
tayyorlash, ularni ishlab chiqarish tarmoqlari va ayrim hududlar o‗rtasida qayta
taqsimlashga qaratilgan davlat siyosati yurgizishni taqozo etadi, bu esa aholi tizimi
va geografiyasida o‗z aksini topadi.
Mehnatga layoqatli yosh chegaralari davlat tomonidan ko‗p omillarni, shu
jumladan, har xil yoshdagi odamlarning o‗z sog‗lig‗iga putur yetkazmasdan
mehnat qilish qobiliyatini, davlatning ishchi kuchiga bo‗lgan ehtiyojini,
mamlakatdagi yoshlarning majburiy o‗rta zarurligi va boshqalarni hisobga olgan
holda belgilanadi.
Mehnat resurslari faqat potensial ishchi kuchi bo‗lib, bu kuchdan jamiyat o‗z
imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda turli darajada har tomonlama va
samaradorlik bilan foydalanishi mumkin. Mehnat resurslarini boshqarish ularning
tarkib topishi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‗zaro bog‗liq holda
rejalashtrish asosida amalga oshiriladi. Mehnat resurslarining vujudga kelishi
ularning miqdor va sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha rivojlanish jarayonidir. Mehnat
Do'stlaringiz bilan baham: |