IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
257
hududiy tafovutlar millatlarning moddiy va ma‘naviy madaniyati bilan
chambarchas bog‗liq.
Kishilarning tarixan tarkib topgan umumiyligi milliy yoki etnik umumiylik
deb ataladi.
Etnik
umumiylik – ―etnos‖, ijtimoiy rivojlanishning obyektiv qonunlari
asosida shakllangan va hudud, til, ma‘naviy hamda madaniy xususiyatlari, o‗z-
o‗zini anglash kabi bir qator umumiy barqaror belgilarga ega bo‗lgan sotsial
organizmdir.
Qabila
etnik taraqqiyotning boshlang‗ich bosqichi bo‗lib, ibtidoiy jamoa
tuzumida tarkib topgan. Elat ma‘lum tarixiy sharoitlarga etnosning soni va
joylashganligiga, uning bir butunligini belgilab beruvchi belgilarga bog‗liq holda
tarkib topadi va rivojlanadi.
Millat
– jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi etnik birlikning oliy
shaklidir.
Belgilarning barqarorligi, hudud, til, madaniyat shu etnosga mansub
ekanligini anglaydigan kishilar milliy etnikning umumiyligi millat uchun xosdir.
Aholini geografik o‗rganishda uning milliy xususiyatlarini hisobga olish muhim
metodologik va amaliy ahamiyatga ega.
Aholi siyosati.
Aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy-
iqtisodiy siyosat yo‗nalishidir.
Aholi rivojlanishiga ma‘lum darajada ta‘sir etib borish tarixiy jarayon bo‗lib,
jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida shu davrning ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitiga mos holda, alohida xususiyatga ega bo‗ladi. Jumladan, feodalizm
sharoitida natural va yarim natural oila formalari rivojlangan. Davlat, umumiy
ta‘lim, maxsus tayyorlov reglamentatsiyalari, ya‘ni aholi rivojlanishining asosiy
elementlari nisbatan kam edi (masalan O‗zbekistonda masjidlar, madrasalar
qoshida ta‘lim sistemasi joriy etilgan, ularni ta‘minlash uchun davlat va ayrim
Do'stlaringiz bilan baham: |