«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet248/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

266 


Iqtisodiy madaniyat 
deganda, iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong, iqtisodiy
faoliyat, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyati 
jamiyat iqtisodiy madaniyatining tarkibiy qismidir. Shaxs iqtisodiy madaniyatining
kamol topishi uchun iqtisodiy qadriyatlarni, iqtisodiy bilimlarni puxta egallashi 
lozim, shundagina u erkin iqtisodiy faoliyat yurita oladi.
Axloqiy madaniyat 
tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy 
faoliyat kiradi. Jamiyat axloqiy madaniyat, axloqiy qadriyatlar tizimini ifodalasa,
shaxs axloqiy madaniyatida axloqiy qadriyatlarning individuallikda qanday 
darajada aks etishi ifodalanadi.
Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik madaniyat, estetik madaniyat, din, 
fan va boshqalar ham muhim ahamiyatga ega.
Ko‗pgina hollarda ―madaniyat‖ va ―sivilizatsiya‖ so‗zlari yonma-yon 
ishlatiladi. Masalan, ―Qadimgi Misr sivilizatsiyasi‖, ―Qadimgi Misr madaniyati‖.
Bu atamalar go‗yo bir xil ma‘noni anglatganday ko‗rinadi. Aslida esa, sivilizatsiya 
va madaniyat bir-birlaridan farq qiluvchi tushunchalardir. Faylasuflardan
O.Shpengler va A.Berdyayev asarlarida sivilizatsiya – bu insoniyat borlig‗ining 
moddiy-texnik tomoni, madaniyat esa uning ma‘naviy tomonidir, deb
tushuntiriladi.
Madaniyat – insoniy munosabatlarda, ya‘ni bir avlodning boshqa avlodga
yoki guruhga bo‗lgan fikrlari va tasavvurlari yordamida hosil bo‗ladi. Insoniy 
madaniyatlarning komplekslik xususiyatlari mavjud bo‗lib, bu esa ularni ilmiy
o‗rganishni biroz qiyinlashtiradi. Hattoki eng kichik va sodda madaniy guruhlarda 
ham (misol uchun Amazonkadagi kichik ovchilar qabilasida yoki mikroqishloq
aholisida) katta miqdordagi madaniy bilimlar o‗zlashtirilgan bo‗lishi mumkin. 


Madaniyat geografiyasi
– Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir qismi 
bo‗lib, madaniy farqlarning hududiy jihatlarini o‗rganuvchi yo‗nalish hisoblanadi.
Shuningdek, u, eng avvalo, quyidagicha izohlanadi: 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling