IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
268
4.
Malayziya tillari oilasi – Hind va Tinch okeanidagi xalqlar.
5.
Dravit tillari oilasi – Hindiston xalqlari.
6.
Monkxmer tillari oilasi – Hindixitoy mamlakatlari xalqlari.
7.
Semit, hamit tillari oilasi – Janubi-g‗arbiy Osiyo va Afrika, shimoliy arab
xalqlari.
8.
Bantu tillari oilasi – Afrikaning janubiy xalqlari.
Til madaniyatning muhim, ammo ilmiy qoidalarga mos kelmaydigan bir
elementidir. U aholining ba‘zi bir qismini bog‗laydi, ammo boshqa qismlarini
ajratadi. U joylardagi o‗zgarishlar va rivojlanishlar tezligini, o‗zgarmas madaniy
ko‗rinishlarini ko‗rsatadi.
Madaniyat
geografiyasining
ikkinchi muhim tarmog‗i bu
dinlar
geografiyasi
dir. Ma‘lumki, din jamiyat hayotida, kundalik turmushimizda juda
muhim rol o‗ynaydi. Bunda davlatning iqtisodiy rivojlanganlik va aholining bilim
darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Aholining diniy tarkibini bilish va uni to‗g‗ri
baholash dunyoda bo‗lib o‗tayotgan voqea hamda hodisalarni to‗g‗ri tushunish va
anglashga imkon beradi. Shuning uchun ham etnoslarga tavsif berishda ko‗pincha
mutaxassislar ularning diniy mansubligiga e‘tibor qaratadilar.
Turli tarixiy davrlarda diniy va etnik birliklar nisbati turlicha bo‗lgan. Ibtidoiy
jamoa tuzumida diniy va etnik chegaralar o‗zaro mos kelgan. Har bir xalq
tomonidan yaratilgan xudolar milliy xudolar bo‗lib, ularning ta‘sir doirasi
muayyan qabila chegarasidan tashqariga o‗tmagan. Bu davrda har bir davlat va
unga tegishli etnos o‗z xudolariga, o‗ziga xos diniy tasavvurlariga ega bo‗lgan.
Atoqli geograf olim V.P.Maksakovskiy ―Siyosiy, etnik va diniy chegaralar bir-biri
bilan mos tushgan joyda bir millatli mamlakatlar vujudga keladi‖, deb juda to‗g‗ri
ta‘kidlagan edi.
Jamiyat taraqqiyoti, etnik aloqalarni kuchayishi bilan ancha katta diniy
birliklar vujudga keldi, bir dinga bir necha xalqlar e‘tiqod qila boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |