«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet253/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

271 
tushunish uchun o‗sha mamlakat yoki mintaqa aholisi diniy tarkibiga e‘tibor 

qaratish zarur. Aholi diniy tarkibi bilan tanishishdan avval quyida dinlar tarixi


haqida qisqacha ma‘lumot beriladi:
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va dastlabki davlatlar yuzaga kelishi
bilan ajdodlar ruhiga topinish, dehqonchilik va chorvachilikka xos ibodatlar 
muhim ahamiyat kasb eta boshladi, ruhlarning ierarxiyasi paydo bo‗ldi, alohida
tabaqa sifatida kohinlik ajralib chiqdi. Jamiyat sinfiy tabaqalashuvi shunda ham 
o‗z aksini topdiki, din oliy va quyi xudolarga (politeizm) bo‗lindi, keyinchalik bu
jarayonlar yakkaxudolikni (monoteizm) keltirib chiqardi. 
Miloddan avvalgi II ming yillikda hozirgacha saqlanib qolgan dinlar tashkil
topdi. Eng qadimiy shunday dinlardan biri Old Osiyoda yuzaga kelgan 


iudaizm
bo‗lib, u dastlab, politezmga asoslangan, keyinchalik monoteizmga o‗tgan. 

Mil.avv. I ming yillik boshlarida Markaziy Osiyoda boshqa din –



zardushtiylik
(uning asosida dualizm – yaxshilik va yomonlik o‗rtasidagi kurash haqidagi 

tasavvur yotadi) rivojlana boshladi, milodning XI asrida uning tarmoqlaridan biri –



yazidizm
paydo bo‗ldi. Osiyoning boshqa hududlarida politeistik dinlar shakllandi. 
Janubiy Osiyoda hukmron bo‗lgan kasta tuzumi orqali shuhrat qozongan
braxmanizm
va kasta tuzumini inkor qiluvchi 


jaynizm
(mil.avv. VI-V asrlar) 
shular jumlasidandir. Mil.avv. VI-V asrlarda Xitoyda deyarli bir vaqtda ikki
falsafiy-axloqiy ta‘limot – 


daosizm
va

konfutsiylik
yuzaga keldi hamda 
keyinchalik ular alohida dinlarga aylandi. Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumi
davridan bu mamlakatda hukmron bo‗lgan ajdodlarni hurmatlash va tabiatga 
topinish asosida

sintoizm
vujudga keldi.
Yer yuzi bo‗ylab juda katta hududlarda tarqalgan ayrim dinlar jahon dinlari
nomini oldilar (odatda, ularga buddizm, xristian va islomni kiritadilar). 
Milodning I ming yilligi boshlarida Old Osiyoda monoteistik din –
nasroniylik



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling