«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
270 Ayrim nasroniy mamlakatlar diniy jihatdan bir necha qismlarga bo‗lingan. Masalan, nemislar protestant (uning ikki oqimiga – lyuteranlik va reformatlik) va katolik dinlariga e‘tiqod qiladilar; shveysarlarning turli guruhlari orasida protestantlar (reformatlik) va katoliklar tarqalgan; shotlandlar orasida protestant- presviterianlar ustunlik qiladi. Bitta xalq turli qismlarining har xil diniy oqimlarga mansubligi tufayli uning ichida madaniy-maishiy tafovutlar kelib chiqadi va bu narsa, o‗z navbatida etnodiniy guruhlar shakllanishiga olib keladi. Bunday guruhlar jumlasiga, kurdlar orasidagi yazidlar diniy guruhini, Suriya va Livan arablari orasida – druzlarni, misrliklar orasida – kopitlarni misol qilib keltirish mumkin. Buning ustiga, boshqa yo‗ldosh holatlar ham unga ta‘sir etsa, diniy tafovut muhim etnotabaqalashuv omili bo‗lib xizmat qiladi. Ayrim mamlakatlarda din kishilar hayotining ko‗pgina tomonlariga, ularning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, turmush tarziga va madaniyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Jahonning turli nuqtalarida ro‗y berayotgan siyosiy voqealarni, agar u yerdagi diniy vaziyat hisobga olinmasa, tushunish qiyin. XX asrning 70-yillarida Hindiston diniy jihatdan ikki mustaqil davlatga bo‗lindi, va natijada, Pokistondan ko‗pgina hindlar, Hindistondan esa musulmonlar ko‗chib ketdilar. Bunday migratsiya jarayonida yigirma milliondan ortiq kishi ishtirok etdi. Turli diniy guruhlarga mansub kishilar orasida Livan, Isroil, Filippin, Afg‗oniston, Serbiya va boshqa joylarda to‗qnashuvlar sodir bo‗ldi. Avvalo, turli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sabablar natijasida kelib chiqqan bunday kelishmovchiliklarda diniy omil muhim rol o‗ynadi. Din ko‗p mamlakatlar ichki siyosiy hayotiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi, hatto ularning ayrimlarida siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari diniy mansublik tamoyili asosida tuzilgan. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, turli tarixiy voqealar va hozirda ro‗y berayotgan hodisalar hamda milliy munosabatlar mohiyatini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling